350
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohalarni rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish
1
.
Yurtimizda ochiq va odil demokratik jamiyatni barpo etish, bozor mu-
nosabatlarini vujudga keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda
huquqiy asoslarda amalga oshirilmoqda. Bu asoslar iqtisodiyotni isloh qilish,
uning keng qo‘lamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli
huquqiy kafolatlar va shart-sharoitlarni ta’minlab beradi. Konstitutsiya va mus-
taqillik yillari mobaynida qabul qilingan fundamental qonunlar hayotimizning
barcha jabhalarini demokratlashtirishning, jamiyatni tubdan yangilash, uni
modernizatsiya qilishning qudratli kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Demokratik jamiyat, bozor iqtisodiyoti sari boshlangan sa’y-harakatning
ortga qaytmasligi va barqarorligi uning huquqiy asoslarini mukammal tarzda
shakllantirishga bevosita bog‘liqdir. «Mustahkam huquqiy asos bo‘lgandagina,
o‘z umrini yashab bo‘lgan tuzumni to‘la ishonch bilan qayta qurish, rivojlan-
gan yuqori samarali bozor iqtisodiyotiga ega yangi jamiyatni qurish mumkin
bo‘ladi»
2
.
Yuqoridagi mulohazalar islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlashning
zarurligi va ahamiyatini to‘la tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra, qabul qilingan qonun-
lar va huquqiy normalarni uch yo‘nalishda guruhlashtirish mumkin:
– siyosiy islohotlarni, davlat qurilishiga oid faoliyatni huquqiy ta’minlash;
– iqtisodiy islohotlarni huquqiy ta’minlash;
– sud-huquqiy tizim sohasidagi islohotlarni, shuningdek huquqni muho-
faza qilish organlari faoliyatini isloh qilishni huquqiy ta’minlash.
Boshqacha aytganda,
islohotlarni huquqiy ta’minlash deganda, barpo
etilayotgan demokratik davlatchilik qurilishini, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni,
mustaqil sud hokimiyati qaror topishi hamda inson huquqlari va erkinliklarini
ro‘yobga chiqarish mexanizmini huquqiy rasmiylashtirish nazarda tutiladi.
Bugungi sharoitda mamlakatda islohotlarning mustahkam huquqiy ba-
zasi vujudga keltirildi. Bular – O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
huquqning asosiy sohalari manbayi bo‘lmish 16 ta kodeks, 850 dan ziyod
qonunlar, 5000 ga yaqin Prezident farmonlari va 1500 dan ziyod qarorlari,
1
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining fаrmоni. O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа / Rаsmiy nаshr / – T.: «Аdоlаt», 2017. – 31-bеt.
2
Islоm Kаrimоv Kоnstitutsiya to‘g‘risidа. – T., 2001. – 116–117-betlar.