326
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Qonunchilikning kompleks (majmuiy) tuzilmalari qatoriga, masalan,
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi, transport qonunchiligi, kapital qurilish
sohasiga oid qonunchilik, fuqarolarning ijtimoiy himoyasiga oid qonunchilik,
xo‘jalik qonunchiligi kabilarni kiritish mumkin. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga
o‘tayotgan bir sharoitda yangi huquq tarmoqlari paydo bo‘lmoqda. Masalan,
korporativ huquq, budjet huquqi, bojxona huquqi, parlament huquqi, tadbirkor-
lik huquqi, sug‘urta huquqi, axborotlashtirish huquqi, ijtimoiy ta’minot huquqi,
munitsipal huquq va boshqalar shular jumlasidandir.
Qonunchilik tizimini yanada chuqurroq ta’riflash maqsadida uni huquq
tizimi bilan qiyoslab tahlil yuritamiz.
Avvalo, huquqning tarkibiy tuzilishi (strukturasi) jamiyatning iqti-
sodiy tizimi mazmuni bilan belgilanadi. Huquq tizimi qonun chiqaruvchi
organning xohishiga ko‘ra shakllantirilmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek,
huquq tizimining elementlari quyidagilardan iborat: huquq normalari, huquq
institutlari, huquq tarmoqlari (ba’zan u yoki bu huquq tarmog‘i ichidagi bir
turdagi yirik tuzilmani «tarmoq osti huquq sohasi» deb yuritiladi). Huquq
tizimining rivojlanishi va yangilanishi ijtimoiy munosabatlarning takomil-
lashuviga bog‘liq.
Qonunchilik huquq normalarini o‘rnatish, rasmiylashtirish va hayotga
joriy etish vositasi hisoblanadi. Qonunchilik hujjatlari huquqiy normalarni
umumlashtiradi va rasmiy ifoda etadi. Biroq, qonunchilik tizimi normativ-
huquqiy aktlarning oddiy yig‘indisi emas, balki bunday hujjatlarning mantiqiy
mutanosib va uyg‘unlashtirilgan tizimidir. Normativ-huquqiy hujjatlar tizimini
shakllantirishda tartibga solinadigan munosabatlarning xususiyatlari va qonun
chiqaruvchi organning istagi, manfaati hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Huquqning ichki tuzilishi (strukturasi) qonunchilik tizimini shakllanti-
rish uchun obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Huquqni ijod etish yoki qonun
chiqarish jarayonida vakolatli organ huquq tarmog‘i va huquq tuzilmalarining
xususiyatlaridan kelib chiqib ish tutishi lozim.
Qonunchilik tizimi bilan huquq tizimi o‘rtasida quyidagi farqlar mavjud:
birinchidan, huquq tizimining birlamchi, boshlang‘ich elementini huquqiy
norma tashkil etadi; qonunchilik tizimining boshlang‘ich elementini qonunning
moddasi yoki normativ-huquqiy hujjatning qoidasi tashkil etadi;
ikkinchidan, qonunchilik tizimi o‘z mazmuniga ko‘ra ba’zan huquq
tizimidan kengroq bo‘lishi mumkin. Masalan, qonunchilik hujjatlarida dasturiy,
maqsadni ifodalovchi qoidalar ham bayon etiladi. Bular huquqiy norma yoki
institut mazmuni uchun ahamiyat kasb etmaydi;
uchinchidan, huquq tizimini tarmoqlarga va institutlarga bo‘lish asosida
huquqiy tartibga solish predmeti va metodi yotadi; qonunchilik tarmoqlari dav-
Do'stlaringiz bilan baham: |