Rag‘batlantiruvchi normalar – huquqiy munosabatlar subyektlari
davlat va jamiyat manfaatiga foyda keltiradigan xatti-harakat variantlari uchun
rag‘bat, imtiyoz belgilovchi normalar. Bunda o‘zining yuridik va ijtimoiy bur-
chiga vijdonan, sidqidildan yondashgan va yaxshi natijalarga erishgan shaxs-
lar uchun rag‘batlantirish choralari belgilanadi. Rag‘batlantiruvchi normalar
kishilarni yuqori samara bilan mehnat qilish, ijodiy va ijtimoiy faollikka un-
dovchi qoidalardir (masalan, Davlat mukofotlari to‘g‘risidagi qonun, ilg‘orlarni
taqdirlash qoidalari va hokazo).
Do'stlaringiz bilan baham: |