Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

244

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

yatimizning istiqbolli taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlarni belgilash 

barobarida bu boradagi muhim vazifalarni hal etishda davlat hokimiyati 

tarmoqlarini, xususan, parlamentni yanada rivojlantirish va mustahkamlash, 

siyosiy partiyalarning rolini oshirish, mamlakatimiz sud-huquq tizimini hamda 

saylov qonunchiligini takomillashtirish, fuqarolik jamiyati institutlarini, om-

maviy axborot vositalarini rivojlantirish, shuningdek, demokratik islohotlarni 

yanada chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan bir qator 

qonunchilik tashabbuslari ilgari surildi. Konsepsiyaning 

bosh maqsadi mus-

taqillik yillari mobaynida amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan yutuqlarga 

tanqidiy baho berish hamda istiqbolda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazi-

falarni ilmiy-amaliy, nazariy jihatdan asoslashdan iborat.

Konsepsiyada 21 ta yangi qonun, 5 ta yangi tahrirdagi qonun, 2 ta milliy 

dastur va amaldagi qonunlarga 25 ta qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish, jami 

50 dan ziyod qonunchilik tashabbusi ilgari surilgan.

Ko‘rinib turibdiki, «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» Oliy Maj-

lis palatalari qonun ijodkorlik faoliyatining qat’iy dasturulamali sifatida maz-

kur faoliyatga yangicha ruh, ma’no-mazmun, jo‘shqinlik, izchillik va tizimlilik 

baxsh etdi. Eng muhimi, barcha qonunlarimizni demokratik fuqarolik jamiyati 

qurish ehtiyojlari va talablariga javob beradigan sifat hamda saviyaga ega 

bo‘lishiga ko‘maklashmoqda.

Qonunchilik siyosatini shakllashtirishda O‘zbekiston Respub-

likasi Prezidenti alohida o‘rin tutadi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida 

o‘z farmon va qarorlari vositasida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, 

madaniy-ma’rifiy hayotining barcha sohalariga oid huquqiy siyosat asosla-

rini belgilab beradi. Shuningdek, u parlament minbaridan turib mam-

lakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim 

masalalari yuzasidan qilgan ma’ruzalarida, parlamentga murojaatlarida, 

alohida konsepsiyalarida qonun ijodkorligi borasidagi siyosatning asosiy 

ustuvorliklarini ifoda etadi.

Mustaqil taraqiyotimizning dastlabki davrlarida qonun ijodkorligida shun-

day tajriba shakllandiki, masalan, qator muhim sohalar bo‘yicha, xususan, 

dehqon va fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, xususiy mulkchilikni rivojlanti-

rishni rag‘batlantirish, bank va banklar faoliyati, qimmatli qog‘ozlar bozori va 

fond birjasini shakllantirish, birjalar va birja faoliyatini tashkil qilish, tadbirkor-

lik faoliyatini rivojlantirish kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha dastlab Prezident 

farmonlari qabul qilindi. Tegishli huquqiy mexanizmlar hayot sinovidan o‘tib, 

ijtimoiy munosabatlar ruhiga singgach, shu masalalarga oid alohida-alohida 

qonunlar qabul qilingan edi. 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish