242
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
siyosat qonun ijodkorligiga tatbiqan differensiatsiyalashadi, degan tezisni quv-
vatlaydi. Mazkur tezisni davlatning «qonunchilik siyosati» yoki «qonun ijodkor-
ligi borasidagi huquqiy siyosati» kategoriyalari yordamida talqin etish mumkin.
Suveren davlat hokimiyati o‘zining mustaqil qonunchilik strategiyasiga, qo-
nun ijodkorligiga doir huquqiy siyosatiga, ya’ni o‘z qonunchilik siyosatiga ega
bo‘ladi. Qonun ijodkorligi borsidagi huquqiy siyosatni shakllantirish va rasmiy-
lashtirishda qonunchilik strategiyasi instituti muhim metodologik ahamiyat kasb
etadi. Xo‘sh, qonunchilik strategiyasi qanday ma’noni anglatadi? Fikrimizcha,
qonunchilik strategiyasi – bu mamlakat butun huquqiy tizimining, alohida
tarkibiy qismlari, huquq hamda qonunchilik sohalari va institutlarining hozirgi
va kelgusi taraqqiyoti yo‘nalishlarining belgilanishidir. Qonunchilik strategiya-
si qonunlarni tayyorlashning, uni rejalashtirish va amalga oshirishning nazariy
va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. U davlat siyosati bilan chambarchas
bog‘liq. Shuningdek, qonunchilik strategiyasi siyosatni huquqiy munosabatlar
mazmuniga singdirish, qonunlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish
vositasidir.
Davlat irodasining qonun ijodkorligi jarayoniga ta’siri qonunchilik siyo-
sati orqali amalga oshadi. Shu bois, davlatning qonunchilik siyosatini ilmiy
va amaliy jihatdan tahlil etib, unga yuridik fan nuqtayi nazaridan tavsif
berish alohida dolzarblik kasb etadi.
Qonunchilik siyosati – davlat huquqiy
siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga
solishning asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o‘z ifodasini
topadi
1
. Qonunlarni shakllantirish, qabul qilish va hayotga joriy etish maqsad-
lariga yo‘naltirilgan maxsus siyosiy-yuridik ta’sir etish vositalari va choralari
yig‘indisi qonunchilik siyosati voqeligini tashkil etadi. Boshqacha aytganda,
qonun ijodkorligi davlatning huquqiy (qonunchilik) siyosatini shakllantirish,
ifodalash, rasmiylashtirish hamda amalga oshirishning muhim vositasi hisobla-
nadi. Qonunchilik siyosati ijtimoiy boshqaruv san’atining maxsus turidir. Qonun-
chilik siyosati qonun ijodkorligining bosh mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini,
tendensiyalarini, uni takomillashtirish strategiyasi hamda taktikasini va
modernizatsiyalash mantig‘ini belgilaydi.
Qonunchilik siyosatining eng muhim sifati – qonunchilikni takomil-
lashtirish maqsadiga yo‘naltirilganlik, huquq ijodkorligi va huquqni ijro etishni
tashkil qilishning ratsional tizimini ishlab chiqishdir. O‘zbekiston mustaqil dav-
lat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak
nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni
inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat
1
Оdilqoriyev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 33-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |