219
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
Huquq ijodkorligi davlat faoliyatining huquqiy shakllaridan biri bo‘lib, bu
jarayonda quyidagi
funksiyalar bajariladi: qonunlar, boshqa huquqiy hujjatlar
loyihasini tayyorlash; amaldagi qonunchilikni yangilash, uni ijtimoiy taraqqiyot
ehtiyojlariga doimo moslashtirib turish; eskirgan huquqiy normalarni bekor
qilib borish; huquqda hal etilmagan jabhalar, bo‘shliq(probel)ni to‘ldirib borish;
qonunchilikni tartibga keltirish bir tizimga solish(sistemalashtirish).
Davlat qonunchilik faoliyati orqali siyosiy, iqtisodiy, sotsial-madaniy va
mafkuraviy hayotning hamma sohalaridagi eng muhim masalalarni hal etish-
ga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar yaratadi. Qonunchilik funksiyasi har
qanday davlatning ajralmas funksiyasi bo‘lib, bu uning shunday bir faoliyat
yo‘nalishiki, unda davlatning oliy vakillik idorasi ijtimoiy tajribani umumlashti-
rish asosida jamiyatga davlat rahbarligini o‘tkazish va ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish maqsadida qonunlar yaratadi, mavjud qonunlarni o‘zgartiradi va
eskirganlarini bekor qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |