normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi davlat xarakteriga
ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat organlari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan
kelib chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiya-
sini amalga oshirib boradilar. Bu esa, huquq ijodkorligi jarayonining beto‘xtov
davom etishini taqozo etadi.
Huquq ijodkorlik faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra davlat irodasini ifodalash
va rasmiylashtirish bilan bog‘liq. Davlat tashkiliy kuch bo‘lsa, huquq yuridik
qoida shakliga kirgan irodadir.
1
Qarang: Оdilqoriyev Х.T., Yakubov Sh.U. Milliy huquqiy tizim va huquqiy qadriyatlar. – T., 2011,
– 34-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |