Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet307/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

213

X bob.

 Huquqning 

shakli (manbai)

Islom huquqining uchinchi manbayi 



ijmo’ hisoblanadi. Ijmo’ning lug‘aviy 

ma’nosi «qasd qilmoq»ni anglatadi. Ijmo’ deganda, musulmonlardan bo‘lgan 

mujtahidlarning Rasululloh(s.a.v.)ning vafotlaridan keyin, biror-bir shar’iy ma-

sala yuzasidan yakdillik bilan qabul qilingan qarori tushuniladi.

Hukm ijmo’ bo‘lishi uchun to‘rt shart bo‘lishi: 

birinchisi, mujtahidlar 

bo‘lishi; 



ikkinchisi, musulmon bo‘lishi; uchinchisi, janobi Payg‘ambar (s.a.v.) va-

fotlaridan so‘ng bo‘lishi (Rasululloh (s.a.v.)ning davrlarida ijmo’ qo‘lanilmagan, 

sababi, u kishi barcha masalalarda o‘zlari yakka javob berganlar); 

to‘rtinchisi, 

ijmo’ qilinadigan masala shar’iy bo‘lishi kerak.

Payg‘ambar (s.a.v.)dan so‘ng biror-bir voqeaning hukmi Qur’ondan ham, 

sunnatdan ham topilmasa, o‘sha davrning mujtahidlaridan masalaning shar’iy 

hukmi so‘ralgan. Ularning ushbu masala yuzasidan bir hukmga ittifoqi ijmo’ 

bo‘lib, u shar’iy qonun hisoblangan va unga itoat qilish lozim, qarshi chiqish 

mumkin emas. Ijmo’ qilingan masala ikkinchi bor keyingi davr mujtahidlari 

uchun ijtihod mavzusi bo‘lishi mumkin emas. Chunki ijmo’ bilan chiqarilgan 

hukm qat’iy bo‘lib, unga qarshi chiqish hamda uni bekor qilish mumkin emas. 

Dunyoviy ishlar boshlig‘i podsholar, amirlar, hokimlar bo‘lib, diniy ishlar 

boshlig‘i mujtahidlar va ahli fatvolar – fatvo berishga iqtidorli ulamolardir.

Ishboshi bo‘lgan mujtahidlar shariatda bir hukmga ittifoq qilsalar, unga 

itoat qilish lozim, ularning hukmlarini ijro qilish Qur’oni Karim oyatiga asosan 

bo‘ladi. Qur’oni Karim Niso surasining 83-oyatida shunday deyiladi: «Agar oyati 

karimadan yo sunnati nabaviyadan javobi topilmagan masalani payg‘ambarga 

qaytarsalar (ya’ni, payg‘ambar sunnatiga solishtirsalar) va o‘zlaridan chiqqan 

mujtahidlarga havola qilsalar, albatta, ijtihod qilishga qodir bo‘lganlar o‘sha 

masalani bilardi».

Ijmo’ning ma’qul deb topilgani shu bilan asoslanadiki, Payg‘ambar (s.a.v.)

dan qolgan hadisi sharifga ko‘ra, Islom ummatining barchasi jam bo‘lgan holda 

xatoga yo‘l qo‘yishlari mumkin emas. Janobi Payg‘ambar (s.a.v.) aytganlarki: 

«Mening ummatim xatoning ustida jam bo‘lmaydi».

Musulmon huquqining to‘rtinchi manbayi bo‘lgan 

qiyosga katta ahami-

yat beriladi. Qiyosda Qur’on va sunnatda berilmagan biror huquqiy masala, 

ulardagi shunga o‘xshash masala bo‘yicha berilgan ko‘rsatmaga taqqoslash 

yo‘li bilan sharh etiladi. Qiyos lug‘atda ikki xil ma’noda ishlatiladi. 



Birinchisi, 

bir narsani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsa bilan solishtirish; 



ikkinchisi, bir nar-

sani o‘ziga o‘xshash ikkinchi narsaga tenglashtirish.

Islom huquqida qiyos deganda, hukmiga Qur’on yoki sunnatda dalil kel-

magan voqeani, hukmiga Qur’on yoki sunnatda dalil kelgan voqeaga, har ikkala 

voqea hukm sababida bir xil bo‘lganligi uchun o‘xshatish tushuniladi. Masalan, 

Qur’onda xamr, ya’ni mast qiluvchi, kishining hushini yo‘qotishga olib keluvchi 





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   303   304   305   306   307   308   309   310   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish