Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet306/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

212

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

kishiga ham savobi yetib turadi. Va kimki bir yomon yo‘lga birinchi bo‘lib 

yursa, uning gunohi o‘sha boshlagan kishiga bo‘ladi. Aynan shu yo‘lga undan 

so‘ng to qiyomatgacha kim yursa, yurganga qancha gunoh bo‘lsa, birinchi 

bo‘lib boshlagan kishiga ham shuncha gunoh yetib turadi».

Sunnatning shar’iy istilohiy ma’nosi – janobi Rasulullohning (s.a.v.) 

aytgan so‘zlari, qilgan ishlari hamda taqrirlaridir (u zotning huzurlarida birov 

biror so‘z aytsa yo biror ish qilsa, u so‘z yo ishga Payg‘ambar (s.a.v.) e’tiroz 

bildirmagan bo‘lsalar, buni taqrir deyiladi va u ham sunnat hisoblanadi).

Sunnatda kelgan hukmlar darajasiga ko‘ra Qur’on hukmlaridan keyin 

turadi. Bu normalarga bo‘ysunish, ularga amal qilish musulmonlar 

uchun majburiydir. Sunnat uch xil bo‘ladi: 



birinchisi, sunnati qavliy (aytil-

gan so‘z); 



ikkinchisi, sunnati fe’liy (qilingan ish); uchinchisi, sunnati taqririy 

(payg‘ambar (s.a.v)ning e’tiroziga uchramagan so‘z yoki ish)

1

.

Qur’on oyatlarining bir qanchasida Payg‘ambarga itoat etishga 



buyurilgan. Payg‘ambarga itoat etish Allohga itoatdir deb ko‘rsatilgan. Oli-

Imron surasining 32-oyatida: «Ey Muhammad, Allohga va uning rasuliga 

itoat qilinglar, deb ayting». Niso surasining 80-oyatida esa: «Kimiki Alloh-

ning  rasuliga itoat qilsa, Allohga itoat qilibdur», deyilgan. Yoki «Agar 

Alloh va uning payg‘ambari biror mo‘min yo mo‘minaga biror ish yuzasidan 

hukm chiqargan bo‘lsa, u hukmni ijro etish yo etmaslik to‘g‘risida ularda 

hech qanday ixtiyor yo‘qdir» (ya’ni hukmni bajarishlari shart) (Ahzob surasi, 

36-oyat)». Hashr surasining 7-oyatida esa, bunday deyiladi: «Sizlarga nima 

narsaniki payg‘ambar keltirsa, uni qabul qilinglar. Sizlarni nima narsadan 

qaytarsa, undan qaytinglar».

Qur’oni Karimda insonlarga bir qancha hukmlar berilgan, lekin ularni 

qay tartibda bajarish, miqdori va boshqalar ko‘rsatilmagan. Shu holda uning bu 

qismini sunnat ko‘rsatib beradi. Masalan, «Namoz o‘qinglar va zakot beringlar» 

(Baqara surasi, 110-oyat); «Sizlarga ro‘za farz qilindi» (Baqara surasi, 183-oyat); 

«Alloh savdoni halol qildi va riboni (pulni foydaga qo‘yishni) harom qildi» 

(Baqara surasi, 275-oyat). Lekin ushbu oyatlarda qaysi kayfiyatda, qanday qilib 

namoz o‘qish, zakotni qanday moldan, qachon va qay miqdorda berish, ro‘zani 

qay tartibda ijro qilish, savdoning halol va harom turlari, riboning turlari 

ahkomlari yo‘q. Bularning hammasini Payg‘ambar (s.a.v.) bayon qilganlar va 

ko‘rsatib berganlar.

Shunday qilib, sunnat orqali kelgan hukmlar, yo Qur’on hukmlarini tas-

diqlagan, yoki uning hukmlarini tafsir qilib bergan yoxud Qur’onda belgilan-

magan hukmlarni o‘rnatgan.

Аbdulvahhob Хallof. Usulul fiqh (islom qonunshunosligi asoslari). Birinchi, ikkinchi qismlar. – T.: 



1997. – 36-betlar.



Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish