135
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
birlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonda quyidagilar ta’kidlandi:
Sudlar tizimining amaldagi tuzilmasi va shtat birligi xizmat vazifalarini oqilo-
na taqsimlash imkonini bermayapti, bu esa ularni zamon talablarini inobatga
olgan holda takomillashtirish va maqbullashtirishni talab etadi.
Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy
manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta’minlash, ma’muriy sud ish yuritu-
vini amalga oshirish bo‘yicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining
huquqiy madaniyatini oshirish zarurati ma’muriy sudlar tizimini tashkil etishni
taqozo etmoqda.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati
samaradorligi va nufuzini oshirish, sudlar tuzilmasini hamda sudyalik lavozim-
lariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish
maqsadida:
1. Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston
Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga
rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi
Sudyalar oliy kengashi (keyingi o‘rinlarda – Kengash) tashkil etilsin
1
.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi
birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi
sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
tashkil etildi. Shuningdek, «O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi
to‘g‘risida»gi Qonun loyihasini tayyorlab, parlamentga kiritilishi belgilandi. Bu
Qonun 2017-yil 28-martda qabul qilindi, ya’ni Senat tomonidan ma’qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli
himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish to‘g‘risida»gi va yuqorida qayd etilgan
2017-yil 21-fevraldagi farmonga muvofiq, 2017-yil 28-martda «O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi
Qonun qabul qilinib, Asosiy qonunning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 112-moddalariga
tegishli tuzatishlar kiritildi
2
. Mazkur konstitutsiyaviy tuzatishlarga muvofiq,
sud tizimida iqtisodiy va ma’muriy sudlar tuzilishi belgilandi. Konstitutsiya
111-moddasining yangi tahririda Sudyalar oliy kengashining konstitutsiyaviy
maqomi aniq mustahkamlab qo‘yildi. U sudyalar hamjamiyatining oliy organi
hisoblanadi.
Konstitutsiya 93-moddasi birinchi qismi 14-bandining yangi tahririga muvo-
fiq, Prezident Sudyalar oliy kengashining taqdimiga binoan viloyatlar va Toshkent
shahar sudyalari raislari va rais o‘rinbosarlarini, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy
1
Хalq so‘zi, 2017-yil 3-fevral.
2
Qarang: Хalq so‘zi, 2017-yil 29-mart.
Do'stlaringiz bilan baham: |