127
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
uning manfaat va ehtiyojlarini ta’minlash, himoya qilish va ularga rioya etishdir.
Davlat mexanizmi (apparati) o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativ-
huquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq va erkinliklarining bir-
lamchi ekanligidan, hech bir organ inson huquq va erkinliklariga zid hujjatlar
chiqarishi mumkin emasligini kafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasida ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi
e’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda inson huquqlari oliy
qadriyat sifatida tan olinadi va e’zozlanadi.
Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil etili-
shi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki, davlatning qonun
chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash orqali tashkil etiladi. Jumladan,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 135 nafar
deputat O‘zbekiston xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi,
15 nafar deputat O‘zbekiston Eko harakatidan saylanadi va shu demokratik tar-
tibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy
Majlisning yuqori palatasi bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida
tashkil etiladi. Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident
tayinlasa, 84 nafari viloyat, Toshkent shahar va Qoraqolpog‘iston Respublika-
sidan 6 nafardan mahalliy vakillik organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi.
Mahalliy joylardagi Xalq deputatlari Kengashlari ham demokratik saylov aso-
sida shakllantiriladi.
Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan saylangan Pre-
zident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan tashkil qilinadi. Oliy sud va
Konstitutsiyaviy sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari
ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar tomonidan saylanadi.
Davlat mexanizmi (apparati) xalqning ishtirokida shakllantiriladi, xalq
hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga
xizmat qiladi.
Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (iyerarxiya) prinsipi. «Ierarxiya» – bir-
biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni anglatadi. Ierarxiya – pog‘onama-
pog‘ona, piramida, o‘zaro bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglata-
di. Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki, u davlat
organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat organlarining vakolatlari
quyi organlarining vakolatlariga nisbatan ko‘proq hamda ular quyi organlarning
faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy davlat organlarining qarorlari mamlakat-
ning butun hududida quyi turuvchi barcha davlat organlari va mansabdor
shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmon, qaror va farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahal-
Do'stlaringiz bilan baham: |