78
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Xo‘jalik hisobidan moliyaviy ta’minlanuvchi shaxslar guruhi esa, o‘z
faoliyatlarida asosan moddiy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar hamda o‘z
daromadlarining umumiy foizidan kelib chiqqan holda ish haqi oladilar. Jum-
ladan zavod, fabrika ishchilari, fermer xo‘jaligi a’zolari, xususiy tadbirkorlar va
boshqalar shular toifasidandir.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan soliq siyosati va uning natijasida
yig‘ilgan moliyaviy manbalar davlatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga qa-
ratiladi, har yili davlat budjeti daromadlari va sarf-xarajatlari hisob-kitob qili-
nadi hamda bu haqda xalqqa hisobot beriladi.
Demak, davlatning soliqlarni joriy etishi uning ajralmas belgisi hisoblanadi,
soliq yig‘ishni amalga oshirmasdan yoki davlat budjetini moliyaviy mablag‘lar
bilan to‘ldirmasdan, davlat-siyosiy ahamiyatga molik biron-bir tadbirni amalga
oshirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |