Huquqiy tartibga solish jarayoni – ijtimoiy munosabatlarga huquqiy
ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning
qat’iy belgilangan tartibidir. Huquqiy tartibga solish har qanday ijtimoiy
jarayon singari o‘z boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon
davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma
xalqning davlat idorasini o‘zida ifodalovchi, uni huquqiy munosabat ishtirokchi-
lariga yetkazuvchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |