395
XIX bob.
Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
balki mantiqiy jihatdan tuzilgan yagona huquqiy tizim to‘g‘risida boradi»
1
. U
«huquqiy tizim» tushunchasini «huquq tizimi» kategoriyasi bilan aralashtirib
yuborishdan ogohlantiradi. M.N. Marchenko ham I. Sabo kabi huquqiy tizim
kategoriyasini huquq tizimi va qonunchilik tizimidan farqlaydi. Huquqiy tizim
faqat huquqiy normalar yig‘indisi bo‘lmay, balki o‘z ichiga huquqiy mafku-
ra, huquqiy ong, huquqiy siyosat, huquqiy madaniyat, yuridik amaliyot kabi
boshqa huquqiy hodisalarni qamrab oladi. Rus olimi T.V. Kuxarukning fikricha,
«jamiyat huquqiy tizimi» shunday ilmiy kategoriyalar sirasiga kiradiki, uning
fanda vujudga kelishini faqat ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat huquqiy hayotida ro‘y
berayotgan o‘zaro aloqadorlik, huquqiy borliqda tizimli xususiyatning mavjudli-
gi bilan tushuntirish mumkin emas. U voqea va hodisalarga falsafiy tizimlilik
nuqtayi nazaridan yondashish mahsulidir.
Milliy huquqiy tizimni anglashda
«huquq tizimi», «huquqiy tizim»
tushunchalaridan tashqari
«huquq oilasi» kategoriyasining ma’nosini bilib
olish ham maqsadga muvofiqdir. Yuqoridagi fikrlardan ma’lum bo‘lishicha,
huquq tizimi huquqning ichki tarkibiy tuzilishidir. Ular: huquq normasi, huquq
instituti va huquq sohasi (tarmog‘i) ni o‘z ichiga oladi.
Huquqiy tizim esa, na-
faqat huquq normalarining yig‘indisi, balki ularni harakatga keltiruvchi, o‘zaro
bog‘liq huquqiy hodisalar yoki vositalar hamda ularning bir butun organizm
sifatida harakatdagi ko‘rinishidir. Huquqiy tizim tarkibiga huquq normalari
tizimi bilan bir qatorda, huquq ijodkorligi jarayoni va huquqni qo‘llash jarayoni,
yuridik mazmundagi barcha hodisalar kiradi.
«Huquqiy tizim» tushunchasi keng ma’noda «huquqning tarixiy tipi»
tushunchasiga o‘xshash tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Bu tushunchalarning
ikkinchisi bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyadagi huquqiy tizimlarning barchasini
qamrab oladi va eng muhimi, shu tizimlarga ham xosligini ifodalaydi. Biroq,
«huquqning tarixiy tipi» tushunchasi hozirgi zamon huquqiy tizimlarining
barcha ko‘rinishlarini qamrab ololmaydi
2
.
Turli-tuman milliy huquqiy tizimlarning umumiy va o‘xshash belgilarining
mavjudligi ularni guruhlashtirish, tasniflash, alohida huquqiy umumlashma-
larga, huquqiy oilalarga biriktirish imkonini beradi. Qiyosiy huquqshunoslik
huquqiy tizimlarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan tashqari,
ularni turli tiplar, guruhlar va huquq oilalari bo‘yicha tasniflash imkonini bera-
di. Milliy huquqiy tizimlarni ularning turli jihatlari bo‘yicha qiyoslash mumkin.
Bunday jihatlar qatorida huquqning strukturasi (tarkibiy tuzilishi), huquqning
manbalari, huquqning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni, muayyan huquqiy
1
Сабо Имре. Социалистическое право. – М., 1864. – 128-bet.
2
Qаrаng: Tаdjiхаnоv U., Sаidоv А. Huquqiy mаdаniyat nаzаriyasi. Dаrslik. / Mаs’ul muhаrrir
аkаdеmik Sh.Z. O‘rаzayev. 1-tоm. – T., 1998. – 80-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |