290
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
larni, ya’ni rostgo‘ylik, insof, diyonat, ezgulik, shafqat, vijdon, insoniy qadr-
qimmat va tanlov erkinligini qamrab oladi.
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi aksiologik (baholovchi)
tavsiflar tizimi yordamida aks ettiriladi. U turli hodisa va faktlarda, ma’lum bir
ahamiyat kasb etgan ongli shaxslar harakatida o‘z aksini topadi. Shundan kelib
chiqqan holda, huquqiy normalar boshqa jamiyatning huquqiy madaniyatini
tashkil qiluvchi elementlarni baholovchi obyekt sifatida maydonga keladi.
Huquqiy madaniyatning normativ funksiyasi huquq normalarida
nazarda tutilgan harakat namunalariga mos holda atrofdagi huquqiy voqelikni
o‘zgartirishda erishilgan natijaga nisbatan munosabatda o‘z aksini topadi.
Huquqiy madaniyatdagi baholovchi faoliyat shaxs, huquq xizmatchilari jamiyati,
qonunchilik, huquqiy tartib-intizom, huquqiy munosabatlar, huquqiy boshqaruv
mexanizmi (tegishli huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan) «o‘lchovidan» tashkil
topadi.
Huquqiy madaniyatning sotsiologik funksiyasi shaxsning huquqiy
sifatlari shakllanishi tizimi orqali o‘rganib chiqilishi mumkin. Shubhasiz bunday
jarayonga huquqiy voqelik muayyan darajada ta’sir o‘tkazadi. Shu bilan birga,
maqsadli huquqiy tarbiyaviy ishlarni olib borish, aholining huquqiy ta’limini
tashkil qilish chorasini ko‘rish, ularga yuridik yordam ko‘rsatish, shaxsning
o‘zini o‘zi tarbiyalash jarayonini faollashtirish zarur.
Huquqiy madaniyat kommunikativ funksiyani ham bajaradi. U fuqa-
rolarning huquqiy doiradagi muloqotini ta’minlar ekan, shu muloqot orqali
mavjud bo‘ladi va ta’sir etadi. Bu yerda fuqarolarning faqat huquqiy harakat
doirasidagi bevosita muloqoti, shuningdek, bizga shaxsan notanish bo‘lgan,
bizdan makon va zamonda ajralib turgan tengdoshlarimiz, o‘tmish avlodlarimiz
bilan bevosita «muloqoti» nazarda tutilmoqda. Bunday muloqot yozma yuridik
asarlar vositasida ta’minlanadi. Bugungi kunda u ommaviy axborot vosi-
talarining takomillashuvi bilan yanada rivojlanadi. Huquqiy muloqot subyekt-
lararo o‘zaro ta’sir formulasi bo‘lib, huquq doirasida erkin va kamyob mohiyat
sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu funksiyani o‘zlashtirish huquqiy madaniy merosga, zamonaviy huquqiy
madaniyatni uning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan o‘zlashtirishga yordam beradi.
Har bir jamiyatning huquqiy madaniyati boshqa jamiyat huquqiy madaniyatining
o‘zaro ta’sirisiz muvaffaqtiyatli rivojlana olmaydi. Sovetlar davrida mam-
lakatimizning madaniyatini cheklashga urinish, jumladan, uning boy tarixiy,
huquqiy merosidan uzishga intilish va zamonaviy davlatlar madaniy-huquqiy
hayoti bilan har qanday aloqani cheklashga urinish qanday achinarli oqibat-
larga olib kelgani ma’lum. Huquqiy madaniyat hozirgi va o‘tmish davr huquqiy
madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirishi lozim. Huquqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |