288
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Shunday qilib, shaxs va jamiyatning huquqiy madaniyati umuminsoniy
qadriyatlar tushunchalari va insoniyat umumdemokratik yutuqlarining muhim
natijasi hisoblanadi. Huquqiy madaniyat – huquqiy davlatning ajralmas qismidir.
Huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagi elementlardan tashkil topadi:
birinchidan, yuridik normalar tizimi bo‘lmish huquq; ikkinchidan, huquqiy muno-
sabatlar, ya’ni qonun bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlar tizimi;
uchin-
chidan, huquqni muhofaza qilish va ta’minlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi
davlat va jamiyat institutlari tizimi bo‘lmish yuridik muassasalar;
to‘rtinchidan,
huquqiy ong, ya’ni huquqiy voqelikni ma’naviy jihatdan aks ettiruvchi tizim;
beshinchidan, huquqiy xatti-harakat (ham qonuniy, ham qonunga xilof).
Qonunchilikda, davlat-huquqiy qurilishda, huquqiy tartibga solish va
huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko‘z o‘ngimizda yuz
berayotgan chuqur o‘zgarishlar, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik
istiqbollari va maqsadlari to‘g‘risida o‘ylash, mamlakatmizda yuz berayot-
gan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan «mu-
vofiqlashtirish», unda O‘zbekistonning o‘rni hamda ushbu o‘ringa mos islo-
hotchilik yo‘nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur. Bizning milliy huquqiy
tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug‘i bo‘lgan
demokratik prinsiplar negizida yangidan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyadan
boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o‘zgarishga uchradi. Qonunlarimizda
huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo‘lgan bugungi kun voqeligi hi-
sobga olindi. O‘zbekiston qonunlarida halqaro huquqning jahonda tan olingan
prinsiplari va normalari o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlan-
gan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg‘or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy
mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi.
Huquqiy madaniyatning taraqqiyoti shaxs huquqlari va erkinliklari
hajmining kengayishi, ularning himoyalanganlik darajasining kuchaytirilishi-
dir. Huquqiy taraqqiyot markazida shaxs, uning huquqlari, erkinliklari va qo-
nuniy manfaatlari hamda madaniyatida uning oliy qadriyatining, ya’ni «barcha
narsalarning mezoni bo‘lgan inson»ning maqomini mustahkamlashga qara-
tilgan barcha huquqiy vositalar, mexanizmlar va institutlar turadi. Huquqiy
davlatni shakllantirish vazifasini yuksak huquqiy madaniyatsiz amalga oshirib
bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, huquq o‘ziga munosib oliy qadriyat o‘rnini olmas
ekan, demokratik fuqarolik jamiyatini yaratib bo‘lmaydi. Hozirgi vaqtda xalqaro
huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalarining milliy huquqdan
ustunligi e’tirof etilmoqda, bu huquqiy madaniyatimizga barcha ilg‘or taraqqiyot
o‘zgarishlari uchun yo‘l ochmoqda, xalqaro huquqda o‘z ifodasini topgan
umuminsoniy qadriyatlar va ideallarni huquqiy madaniyatimiz rivojlanishi
uchun mezon va yo‘nalish sifatida belgilamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |