246
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
umumiy yurisdiksiya va xo‘jalik sudlarining oliy organlari qonunlarni qo‘llash
amaliyotini tahlil etish asosida qonunchilik tashabbusi tartibida parlament
e’tiboriga muntazzam ravishda tegishli takliflarni kiritadilar. O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan sud-huquqiy islohotlarining konsepsiyasi, shuningdek
jinoyat qonunchiligi va jinoiy jazo tayinlash tizimini liberallashtirish konsep-
siyasi ham ushbu demokratik o‘zgarishlarning huquqiy bazasini shakllashti-
rish borasidagi qonunchilik siyosatining muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof
etilishi mumkin. Xususan, mazkur siyosatning qator ustuvorliklari «Sud-
lar to‘g‘risida»gi qonunda, Prezident farmonlarida, ayniqsa, «Sud qonunchi-
ligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini
ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident
qarorida (2008-yil 23-iyun) rasmiy tarzda mustahkamlandi
1
. Mazkur hujjatda
sudlarga oid qonunchilik siyosatining quyidagi mantig‘i ifoda etilgan: mustaqil,
xolis, demokratik sud hokimiyati va insonparvar sud tizimini vujudga keltirish
pirovardida inson manfaatlariga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli
muhofaza etishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda huquqiy siyosatning alohida turi sifatida sud-huquqiy siyosati
mavjudligini ham ta’kidlab o‘tish mumkin. Fikrimizcha,
sud huquqiy siyosati –
davlat hokimiyatining, tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning,
shuningdek fuqarolik jamiyati institutlarining mamlakatdagi odil sudlovni tash-
kil etish va amalga oshirishga oid huquqiy g‘oyalarni, prinsiplarni, sohani isloh
etish mafkurasi hamda strategiyasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan maqsad-
li, ilmiy asoslangan, izchil va tizimli faoliyatidir. Uning mohiyati jamiyat va
davlat manfaatlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, odil
sudlovni samarali tashkil etish va amalga oshirishga doir g‘oyalarni shakllan-
tirish hamda vazifalarni belgilash, dasturlarni ishlab chiqish va hayotga joriy
etishdan iborat.
Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» besh ustuvor yo‘nalishni
belgiladi. Ular davlat qurilishi, sud-huquq tizimi, iqtisodiyotni modernizatsi-
yalash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik va tashqi siyosat jabhalari-
da amalga oshiriladigan qonun ijodkorligining dasturulamali bo‘lib, tegishli
huquqiy siyosatning o‘zagini tashkil etadi.
Jamiyatni modernizatsiyalash jarayonlari davom etayotgan hozirgi sha-
roitda davlatning qonun ijodkorlik faoliyatiga, umuman, qonunchilik siyosatining
mazmuniga yanada yuqori yangi talablar qo‘yilishi tabiiy. Mazkur vaziyatda
1
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2008-yil, 26–27-son, 248-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |