229
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
Ikkinchi bosqich – qonun loyihasini muhokama qilish. Qonun loyi-
hasini muhokama etish qonun yaratish jarayonining muhim bosqichidir. Bu
bosqich qonun chiqaruvchi organga qonun loyihasi taqdim etilib, u sessiya kun
tartibiga kirgach boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev
bu mavzuga e’tibor qaratib, «Qonunlarni qabul qilish jarayonida yangi tizim –
aholi bilan muhokama qilish tizimini joriy etish lozim», – dedi. Ya’ni, «katta
ahamiyatga ega, muhim qonun loyihalarini birinchi o‘qishda qabul qilgandan
keyin ularni joylarda fuqarolar bilan keng muhokama qilish, ularning tak-
lif va mulohalarini e’tiborga olib, loyihalarni takomillashtirgan holda ikkinchi
o‘qishga kiritish tartibini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi»
1
.
Qaror topgan an’anaga ko‘ra, qonun loyihasi ikki xil tarzda muhokama
qilinadi: aksariyat hollarda, umumiy qoidaga binoan, parlament – O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarida muhokama
etiladi; mamlakat hayotining o‘ta muhim masalalarini tartibga solishga qa-
ratilgan qonunlarning loyihalari esa, keng xalq muhokamasiga chiqariladi.
Barcha qonun loyihalarini umumxalq muhokamasiga qo‘yish majburiy qoida
emas. Umumxalq muhokamalari so‘nggi yillarda qonunchilik tajribasida keng
qo‘llanilayotgan demokratik institutdir.
Qonun loyihasi avval parlament muhokamasiga qo‘yiladimi yoki umumxalq
muhokamasiga kiritiladimi, degan savolga aniq javob berish mushkul. Chunki
parlament ba’zi loyihalarni avval o‘zi birinchi o‘qishda muhokama etib, zarur
bo‘lsa, uni umumxalq muhokamasiga kiritish uchun matbuotda e’lon qilish
to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Ba’zan esa, parlament loyihani umumxalq muho-
kamasiga chiqarib, muhokama yakunlarini aniqlaganidan keyingina uni o‘z
muhokamasidan o‘tkazib, qabul qiladi. Har qanday holatda ham umumxalq
muhokamasidan o‘tgan qonun loyihasi yana parlament muhokamasidan o‘tadi,
aks holda loyiha qonun sifatida qabul qilinmaydi.
Umumxalq muhokamasi aslida qonun loyihasi yuzasidan xalq bilan
bo‘ladigan bevosita kengashuv, maslahatlashuvdir. Qonun loyihalarini umum-
xalq muhokamasiga kiritish xalq ommasi tajribasini mujassamlashtirish,
jamoatchilik fikrini aniqlash va qonunda xalq manfaatlari, xohish-irodasini
to‘la-to‘kis aks ettirish imkonini beradi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 9-moddasiga muvofiq, jamiyat va davlat
hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi. Bu qoida
muhim qonun loyihalariga ham taalluqli. Umumxalq muhokamasini amalga
oshirishning protsessual, tashkiliy jihatlari «Qonun loyihalarining umumxalq
muhokamasi to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Gap qonun loyihasini xalq
1
Mirziyoyev Sh. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori
va asosiy ijrochisi bo‘lishi kerak // Хalq so‘zi, 2017-yil 13-iyul.
Do'stlaringiz bilan baham: |