225
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Zero, qonun yaratish jarayonining mu-
kammal tartibga solinganligi sifatli va talab darajasidagi qonunning vujudga
kelishi uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Qonun ijodkorlik jarayonining ta’rifi ikki ma’noga ega:
birinchidan, bu
qonun loyihasining parlamentga kiritilishidan boshlab, u qabul qilingunga qa-
dar davlat organlari tomonidan ro‘yobga chiqariladigan vakolatlar bo‘lsa;
ik-
kinchidan, qonunchilik hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etadigan turli
subyektlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi protsessual qoidalar
ifodasi(shakli)dir. Qonunchilik jarayonining muhim xususiyati shundaki, uning
mazmunini tashkil etuvchi harakatlar tartibi va ularni amalga oshirish tartibi
konstitutsiyaviy tarzda belgilab qo‘yiladi.
Qonun ijodkorligida muayyan munosabatlarni huquq vositasida tartibga
solish obyektiv zarurligini anglab yetish, shunga ijtimoiy ehtiyoj borligini
aniqlash alohida ahamiyat kasb etadi. Qonun yaratishdan oldin jamiyatda shun-
day qonun vujudga kelishga ehtiyoj bormi, degan savolga javob berish lozim.
Qonun ishlab chiqishga kirishishdan avval mavjud ijtimoiy voqelik, hayot,
muammoli vaziyat atroflicha o‘rganilishi talab etiladi. Bu borada ruminiyalik
huquqshunos Anita Nashitsning fikri diqqatga sazovor. U huquq yaratishning
birinchi bosqichida jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarni anglash, psixologik va
irodaviy omillarni baholash, huquqni shakllantiruvchi omillarni tahlil etish va
shu asosda hukmron irodani ifodalash ro‘y beradi, deb ta’kidlaydi. Bu bosqich-
da huquqni yaratish jarayoni o‘zining hayotga moslashuvchanligi bilan, turfa
xilligi va dinamizmi bilan, qonunchilik sohasida tashabbus ko‘rsatishga imkon
beruvchi tashkiliy shakllar miqdorining ko‘pligi bilan ajralib turadi. So‘ngra,
huquqning ijtimoiy mansablari qonun yaratishning ikkinchi bosqichiga –
huquqiy qarorni, ijobiy huquq normasini o‘rnatishga – o‘tilishini shart qilib
qo‘yadi. Bu huquq normasini chiqarishga vakolatli bo‘lgan organlarning yuri-
dik ahamiyatli faoliyati tufayli amalga oshadi
1
.
Shunday qilib, u yoki bu qonunning yaratilishiga bo‘lgan ehtiyojni
o‘rganish – qonunchilik jarayonining boshlang‘ich nuqtasidir. Bordi-yu, qonun-
ga ehtiyoj bo‘lmasa, qonun chiqaruvchi «rejalashtirgan» huquqiy tartibga solish
ro‘y bermaydi, qabul qilingan qonun ishlamaydi, u amaldagi huquqiy tizimga
singishib ketolmaydi, pirovard natijada qonunning ijtimoiy obro‘sizlanishi kelib
chiqadi.
Qonun yaratish ehtiyoji ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlari-
ga muvofiq hayotning o‘zidan kelib chiqqani ma’qul. Masalan, bugungi bozor
iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi tegishli huquqiy zamin vujudga
1
Qarang: А. Нашиц. Правотворчество: Теория и законодательная техника. М., Прогресс, 1974.
– 136-bet.
15–18-8