211
X bob.
Huquqning
shakli (manbai)
nozil qilgan Qur’ondek kitob keltirishga yordamlashsalar ham, keltira olmay-
dilar».
Hud surasining 13-oyatida shunday ta’kidlanadi: «Ular aytadilarmi bu
so‘zlarni Muhammad o‘zi to‘qigan deb. Agar shunday gumon qilsalar, aytingki,
«Agar qo‘llaringdan kelsa, qodir bo‘lsalaring, sizlar loaqal o‘n dona to‘qima
sura keltiringlar. Buning uchun Allohdan boshqa kimni yordamga chaqir-
salaring chaqiringlar. Agar qilgan da’volaring va aytgan so‘zlaringda rostgo‘y
bo‘lsalaring».
Xuddi shuningdek, Baqara surasining 23, 24-oyatlarida esa: «Agar sizlar
bizning bandamiz Muhammadga nozil qilgan kitobimizga, bu ilohiy kitob emas,
deb shubha qilsalaring, aynan shu kitobdagi suraga o‘xshash hech bo‘lmasa
bir dona sura keltiringlar. Buning uchun yordamga Allohdan boshqa kimni
istasalaring chaqiraveringlar (Chunki, Alloh shunday Qur’on keltirishga qodir).
Agar qilgan da’volaringning uddasidan chiqa olmasangizlar, hech qachon chiqa
olmaysizlar ham, bas, shunday ekan, o‘tini odamlar va toshlardan bo‘lgan,
kofirlar, ishonmovchilar uchun tayyorlab qo‘yilgan do‘zaxdan qo‘rqinglar», –
deyiladi. Bu va shunga o‘xshash dalillar bilan Qur’on ilohiy kitob ekanligi
isbotlanadi.
Qur’oni Karimda kelgan qoida va me’yorlar uch xildir
1
:
birinchisi,
e’tiqodga taalluqli qoida va me’yorlar. Bunga mukallaf (oqil kishi) e’tiqod qili-
shi lozim bo‘lgan narsalar kiradi. Chunonchi, Allohga, uning farishtalariga,
kitoblariga, payg‘ambarlariga, qiyomat kuniga, o‘lganidan so‘ng tirilishiga
ishonish va h.k.;
ikkinchisi, axloqqa taalluqli qoida va me’yorlar. Bunda kishi
qanday go‘zal xulqlar bilan ziynatlanishi va qanday yomon, yaramas xulqlardan
uzoq bo‘lishi ko‘rsatilgan;
uchinchisi, amaliyotga taalluqli qoida va me’yorlar.
Bular insonning ishlari va so‘zlariga berilgan hukmlardir.
Qur’ondagi amaliy hukmlar ikki xil bo‘ladi: a) namoz, ro‘za, zakot, haj,
qasam kabi
ibodatga taalluqli
hukmlar bo‘lib, ular insonning Alloh bilan
bo‘ladigan munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan; b) insonning boshqa
insonlar bilan bo‘ladigan muomalasi, oila-nikoh, savdo-sotiq, jinoyat, jazo, ijara,
garov kabi
muomalaga taalluqli
hukmlar.
Musulmon huquqining ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi manbayi –
Sunnatdir.
«Sunnat» so‘zi «yo‘l» ma’nosini anglatadi. U yo‘l yaxshi bo‘lsa ham, yomon
bo‘lsa ham sunnat deyiladi. Chunki, Rasululloh (s.a.v.) hadislarida shunday
deyilgan: «Kimki bir yaxshi yo‘lga birinchi bo‘lib boshlasa, uning savobi o‘sha
boshlagan kishigadir. Aynan shu yo‘lga undan so‘ng to qiyomatgacha kim
yursa, yurgan kishiga qancha savob bo‘lsa, shu barobarida birinchi boshlagan
1
Аbdulvahhob Хallof. Usulul fiqh (islom qonunshunosligi asoslari). Birinchi, ikkinchi qismlar. – T.:
1997. – 30–31-betlar.