208
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
dalar belgalangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma va bitim qoidalari qo‘llanilishi
belgilab qo‘yilgan.
Shunday qilib, qonun respublika normativ-huquqiy hujjatlari o‘rtasida o‘z
yuridik kuchi jihatidan eng ustuvor o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham qo-
nun jamiyat huquqiy tizimining o‘zagi sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiyotda bozor munosabatlari,
jamiyatda ijtimoiy sheriklik rivojlanayotgan
sharoitda serqirra manfaatlar ko‘lami nafaqat
davlat amri bilan, balki tashkilotlar, fuqarolarning (ular uyushmalarining) nor-
mativ mazmundagi shartnomalari qoidalari bilan ham me’yorlanmoqda. Shu
bois, ijtimoiy munosabatlarning ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni tartibga
soluvchi manba sifatida normativ shartnomalar alohida mavqega ega.
Normativ shartnoma deb ikki yoki undan ortiq subyektlar o‘rtasida tuziladigan,
ularning huquq va majburiyatlarini o‘rnatadigan, o‘zgartiradigan va bekor qiladi-
gan, og‘zaki yoki yozma shaklda ifodalangan bitimga aytiladi. Normativ shartno-
malar huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa manbalardan farqli o‘laroq
o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Normativ shartnomalar ikki yoki undan ortiq
subyektlar o‘rtasida, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa muayyan bir sohalarda
tuziladi. Normativ mazmundagi shartnomalar quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari
bilan tavsiflanadi: 1) umumiy mazmundagi normani ifodalaydi; 2) shartnoma ixti-
yoriy tuziladi; 3) manfaatlar umumiyligiga asoslanadi; 4) tomonlar teng bo‘ladilar;
5) tomonlar shartnomaning barcha jihatlari bo‘yicha umumiy kelishuvga erishadi-
lar; 6) aynanlik (ekvivalentlik) va odatda, zarar to‘lov bilan qoplanadi; 7) majburi-
yatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun o‘zaro javobgarlik
nazarda tutiladi; 8) huquqiy jihatdan ta’minlanadi.
Normativ shartnomalar turli xil mezonlar asosida tasniflanadi. Jumladan,
ishtirokchilar soniga ko‘ra
oddiy yoki murakkab turlardan iborat bo‘ladi. Oddiy
shartnomada ishtirok etuvchi taraflar faqatgina ikki subyektning qatnashuvini
talab etadi, xolos. Murakkab shartnomada esa, biror-bir masala yuzasidan
ko‘pchilik ishtirokchilarning soni talab etiladi. Masalan, Mustaqil Davlatlar
Hamdo‘stligi, Yevropa Ittifoqi, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti kabi tashkilot-
larga uyushish murakkab shartnomalar asosida tuzilgan. Shuningdek, shart-
nomalar ifodalanish shakliga ko‘ra yozma va og‘zaki bo‘lishi mumkin. Og‘zaki
shartnomalar asosan kundalik turmushimizdagi maishiy xizmat sohalarida tez-
tez uchrab turadi. Masalan, yo‘lovchi va konduktor o‘rtasidagi o‘zaro munosa-
bat yoki kichik hajmdagi oldi-sotdi munosabatlari yuzaga kelgan vaqtda so-
tuvchi va xaridor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar og‘zaki shakldagi shartnoma
Do'stlaringiz bilan baham: |