Yuqoridan quyiga qarab bo‘ysunuviga (iyerarxiyaga) ko‘ra:
markaziy va mahalliy davlat organlari. O‘zbekiston Respublikasida davlat
organlari pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish tamoyili asosida tashkil etilgan bo‘lib,
mahalliy organlar markaziy organlarning itoatida bo‘ladi. Markaziy davlat or-
ganlari chiqargan normativ-huquqiy hujjatlar mahalliy davlat organlari uchun
majburiy xususiyatga ega. Shuningdek, mahalliy davlat organlari tomonidan
qabul qilingan huquqiy hujjatlar markaziy davlat organlari tomonidan bekor
qilinishi mumkin. Masalan, Vazirlar Mahkamasining barcha qaror va
farmoyishlari mamlakatning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hokimlari
uchun majburiy xususiyat kasb etadi. Viloyatlar, Toshkent shahar hokimining
qarori faqatgina u rahbarlik qilayotgan viloyat (shahar) hududida amal qiladi
va bu qarorni yuqori turuvchi organ rahbari – Bosh vazir yoki Prezident bekor
qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |