137
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasidagi
yig‘ilishda shunday dedi: «Prokuratura organlari qonun ustuvorligini ta’minlash,
mamlakatda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini,
jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza etish, jinoyatlar va huquq buzilish-
larining oldini olish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda... Prokuratura organlari
jamiyatda adolatni mustahkamlashda muhim rol o‘ynashlari lozim».
Ta’kidlash muhimki, «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, fuqaro-
lar prokuror nazorati obyektlari qatoridan chiqarilgandir. Qonun O‘zbekistonda
inson huquqlarini himoyalash va ta’minlash davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilganligidan kelib chiqadi. Demokratik jamiyatda alohida fuqarolar emas,
balki ularning qonuniy huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotganligi
prokurorlik nazoratining obyekti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |