Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/784
Sana26.06.2021
Hajmi6,22 Mb.
#102170
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   784
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi (1)

9

K

irish

merosi, huquqiy qadriyatlari va an’analari, shuningdek, jamiyatimiz maqsadi 

sifatida ilgari surilgan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etish

 

demokratiya va inson huquqlari tamoyillarini hayotga joriy qilishga yo‘naltirilgan 



g‘oyalar asosida davlat va huquq nazariyasiga oid zamonaviy darsliklar yozish 

o‘zbek huquqshunosligi oldida turgan dolzarb vazifadir.

Bugungi o‘zbek jamiyati o‘zi uchun «huquqiy davlat», «inson huquqlari» 

va «shaxs erkinligi», «demokratik fuqarolik jamiyati», «siyosiy hurfikrlilik» 

(plyuralizm), «hokimiyatlar taqsimlanishi», «qonun ustuvorligi», «mustaqil sud 

hokimiyati» kabi fundamental tushunchalarni qayta kashf etmoqda. Ayonki, 

jamiyat ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotini zamonaviy ma’rifiy tamoyillar 

asosida isloh etishda davlat va huquq benihoya katta rol o‘ynaydi. Shu bois

davlat tuzilishi, demokratik siyosiy tizimning mavjud bo‘lishi, huquqiy mu-

nosabatlar oqilona tizimining tashkil etilishi ko‘p jihatdan mamlakatimizdagi 

davlat-huquqiy institutlarning faoliyatiga bog‘liqdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning saylovoldi Das-

turida, shuningdek lavozimga kirishish chog‘idagi qasamyodida, Prezident 

sifatidagi faoliyatining dastlabki yuz kunida e’lon qilgan farmonlarida, ay-

niqsa, «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 

strategiyasi»da ilgari surilgan yangi g‘oyalari huquqshunoslik nazariya-

sining tahlil doirasini yanada kengaytirishga ijodiy turtki berdi. Bular: – inson 

manfaatlari va qonun ustuvorligi, hokimiyatning xalq bilan bevosita mulo-

qoti, «davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi», davlat boshqaruvi tuzilmalarining 

mas’uliyatini oshirish, adolatli sud tizimini yaratish, davlatning iqtisodiyotga 

aralashuvini qisqartirish, ta’sirchan jamoat nazorati mexanizmlarini vujudga 

keltirish va boshqalar.

Respublika Prezidentining farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strate-

giyasida quyidagilar ta’kidlangan: «Mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot 

yo‘lining chuqur tahlili, ... globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib 

borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlanti-

rish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va 

ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda»

1

.

Davlat va jamiyatni jadal rivojlantirish, modernizatsiya qilish hamda 



hayotning barcha sohalarini liberallashtirish maqsadida ushbu Strategiyada 

davlat qurilishi, sud-huquq tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni erkinlashti-

rish va ijtimoiy sohani rivojlantirish, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mus-

tahkamlash bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Хalq so‘zi, 2017-yil 8-fevral.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   784




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish