129
VI bob.
Davlat mеxanizmi
(apparati)
Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z sohalarining
yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va bilimga, yetarli tajriba va
amaliy uquvga ega bo‘lgan xodimlar hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat
qilayotgan xodimlar dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qil-
gan, ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi shart.
Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi. Davlat appa-
rati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va yakkaboshchilik asosida amalga
oshiradilar. Kollegiallik jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlis quyi pala-
tasi deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida yaqqol
ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama tarzida bir-biri bilan
hamkorlikda masalalarni hal etadilar. Masalan, Oliy Majlis qonun qabul qilish-
da bahamjihat ish tutadi. Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa,
masala kollegiallikka o‘xshash umum irodasining ro‘yobga chiqishi bilan emas,
balki xizmat sohasi yoki bo‘lim boshlig‘ining yakdil fikri asosida hal qilinadi.
Masalan, Bojxona qo‘mitasi raisining tegishli masala yuzasidan yakka tartibda
buyruq chiqarishi, Vazirning buyrug‘i va hokazo.
Saylanish va tayinlanishning uyg‘unligi. Davlat mexanizmi (appa-
rati)ning tashkil etilishi saylanish va tayinlanish orqali amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida oliy vakillik organlari Qonunchilik palatasi depu-
tatlarining barchasi, Senat a’zolarining aksariyat qismi, Oliy sud organlarining rais
va o‘rinbosarlari saylash orqali tegishli vakolatga ega bo‘ladilar. Ijro etuvchi or-
ganlarning barchasi tayinlash tartibida shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston
Respublikasining Prezidenti vazirlar va hokimlarni lavozimiga tayinlaydi va
lavozimidan ozod etadi.
Davlat mexanizmi (apparati)ga kiruvchi organlar yuqorida qayd etib
o‘tilgan prinsiplar asosida tashkil etiladi hamda ular o‘z faoliyatini mazkur
prinsiplar asosida amalga oshiradilar.
Davlat mexanizmi bilan davlat funksiyalarining uzviy aloqadorligi davlat
mexanizmi (apparati) ni tarkibiy-funksional tahlil etish imkonini beradi. Tarkibiy-
funksional yondashuv umumiy tizimli tahlil uslubining muhim yo‘nalishlaridan
biri bo‘lib, davlatning tarkibi va funksiyalarini uzviy bog‘liqlikda o‘rganishga
ko‘maklashadi. Shunga ko‘ra, davlat mexanizmining tuzilishi u bajaradigan
vazifa va funksiyalar samaradorligi nuqtayi nazaridan baholanadi.
Hozirgi O‘zbekiston davlati mexanizmining tarkibiy-funksional tahlili
unga kiruvchi tarkibiy qismlarning, ya’ni davlat organlarining roli va o‘rnini
aniq tasavvur etishni anglatadi. Davlat organlarining Konstitutsiya va qonun-
larda belgilangan maqomi (tarkibiy yondashuv) ularning zimmalaridagi davlat
funksiyalarini bajarish jarayoni va xususiyatlari bilan uyg‘un tarzda (funk-
sional yondashuv) tahlil etiladi.
9–18-8
Do'stlaringiz bilan baham: |