Noan’anaviy monarxiya cheklangan monarxiya shakli sifatida ko‘p
uchramaydigan davlat shakli bo‘lib, davlat boshqaruvi amaliyotida faol
rivojlanmagan. Ushbu boshqaruv shakli monarxiyaning boshqa turlaridan
farqli o‘laroq, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Noan’anaviy monarxiyada
ham respublika, ham monarxiya shaklining elementlari uyg‘unligi namoyon
bo‘ladi. Birlashgan Arab Amirligi yetti amirlik – Abu Dabi, Dubay, Sharja,
Ajman, Um mul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra’s ul-Xaymadan iborat bo‘lib, ho-
kimiyatning oliy organi – amirliklarning shayxlaridan iborat Oliy kengash
hisoblanadi. Mazkur kengash a’zolari 5 yil muddatga davlat boshlig‘i – Oliy
amirni saylaydilar. Uning monarxiya boshqaruv shakliga xos xususiyati shun-
Do'stlaringiz bilan baham: |