Mutlaq monarxiya boshqaruv shaklida davlat boshlig‘i hokimiyatdan
muddatsiz, ya’ni umrbod foydalanadi, taxtni meros yoki qarindoshlik senzi
bo‘yicha egallaydi hamda o‘z xatti-harakatlari uchun qonun yoki biror davlat
organi oldida javobgar bo‘lmaydi, balki faqat xudo oldida mas’uliyatning
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Mutlaq monarxiyaning o‘ziga xos yana bir xu-
susiyati shundaki, mazkur boshqaruv shakliga asoslangan davlatlar qonunlari-
da davlat boshlig‘i, ya’ni monarx tomonidan qabul qilingan qonun yoki boshqa
turdagi huquqiy hujjatning biror-bir shaxs tomonidan bajarilmasligi holatida u
faqat yuridik javobgarlikka tortilibgina qolmay, balki monarx xudoning yerdagi
vakili hisoblangani uchun uning amrini bajarmaslik katta gunoh sanaladi va
xudoning qahriga uchraydi hamda inson o‘limidan so‘ng narigi dunyoda xudo
oldida ham javob berishi haqida uqtiriladi. Monarx hokimiyati ilohiylashtirilgan
shaklda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |