84
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham, bunga asos ham
bo‘lgan. Buni keyinroq
«siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini bataf-
sil ko‘rib chiqish vaqtida mufassal izohlab o‘tamiz. Shunga qaramay, hozirgi
kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism – boshqaruv, davlat (ma’muriy-
siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli – birligidan tashkil topadi,
degan fikr keng tarqalgan.
Davlat shakli davlat hokimiyatining qanday prinsiplarga asosan tashkil
etilganligini va hududiy jihatdan qay tartibda tuzilganligini umumiy, yaxlit
tarzda ifodalaydi. Davlat shakli davlatning asosiy organlari (parlament, hu-
kumat, davlat boshliqlari)ning faoliyat tartibi va ular o‘rtasidagi munosabat-
lar prinsiplarini, davlatning tarkibiy qismlari va ularning yuridik mavqelarini,
shuningdek davlat hokimiyatini amalga oshirish metodlarini hamda fuqarolar
bilan munosabatlaridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita aloqalarini tavsiflaydi.
Davlatning mohiyatini tushunishda
davlat boshqaruvi shakli alohida ahamiyatga
ega. Boshqaruv shakli davlat hokimiyatini
tashkil etish tartibi va mazmunini anglatadi.
Davlat shakllarini o‘rnatish masalasiga turli nuqtayi nazarlardan turib
yondashish mumkin. Ilmiy-tahlil (gnoseologik) yondashuvi davlat shakllarini
o‘rganishda davlat shakllari bilan uning tuzilishi hamda mohiyati o‘rtasidagi
aloqadorlikni ochib beradi. Bu masala bilan asosan davlat va huquq nazariyasi
fani shug‘ullanadi.
Davlatning tashkil topish chog‘idagi shart-sharoitlar (masalan, AQSh davlati
hududiy-siyosiy qurilishining federativ shakli), tarixiy an’analar (Buyuk Britani-
yadagi monarxiya), ichki siyosiy kuchlar kurashi (qator Afrika davlatlarida dav-
lat shakllarining bir necha marta o‘zgartirilishi), jamiyat ma’naviy – mafkuraviy
tizimida diniy-axloqiy qadriyatlarning hukmronlik qilishi (Erondagi teokratik
respublika) kabilar davlat shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu jarayonga subyektiv
omil ham ta’sir etishi mumkin. Masalan, general Sharl de Golning Fransiyadagi
Beshinchi Respublika institutlariga ko‘rsatgan ta’sirini eslashning o‘zi kifoya.
Davlat shakli tushunchasi davlat hokimiyatini tashkil etishning eng
muhim jihatlarini qamrab olganligi bois, o‘z mazmuniga ko‘ra ancha murakkab
hodisadir. Bu tushuncha qaysi organlar davlat hokimiyatini ifoda etishini, bu
organlarning shakllanish tartibini, ular vakolatlari ko‘lami va muddatlarini,
davlat organlari (mahalliy va markaziy organlar) o‘rtasidagi munosabatlarni,
va nihoyat, davlat hokimiyatini amalga oshirishning usul va vositalarini qam-
rab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |