73
III bob.
Davlat haqida
umumiy ta’limot
tuzumi davrida sinfiylik nuqtayi nazaridan ta’riflangan. U «sinfiy jamiyatning
siyosiy tashkiloti» sifatida talqin etilgan.
O‘tgan asr 80-yillarining o‘rtalaridan boshlab, davlatni ta’riflashda
umumijtimoiy jihatni ko‘rsatish tomon siljish boshlandi va sinfiylikka berilgan
urg‘u asta-sekin umum-ijtimoiy jihat tomonga surila bordi.
Yurisprudensiyada davlat belgilari
masalasi huquqshunos olimlarning doimiy
tadqiqot obyekti bo‘lib kelgan. Zero, davlat
jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilotlardan o‘ziga xos bir
qator belgilari bilan farq qiladi. Olimlarning davlat belgilari xususidagi fikr-
mulohazalari, dunyoqarashlari va yondashuvlari turlichadir.
«Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» nomli asar muallifi –
F. Engels davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo‘linishi,
ommaviy-siyosiy hokimiyat hamda soliqlar tizimining joriy etilishini ko‘rsatib
o‘tgan. G.F. Shershenevich ham shunga o‘xshash uch belgi: «a) odamlarning
birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; v) shu hokimiyat
ta’sir doirasidagi hudud»ni sanab o‘tgan.
Z.M. Islomov o‘z asarlarida davlatning umume’tirof etilgan belgilari sifa-
tida fuqarolik, suveren hokimiyat, yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar, davlat
funksiyasini bajarish uchun lozim bo‘lgan moddiy vositalar, mamlakatda qo-
nuniylik va huquqiy-tartibotni o‘rnatuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar
(sud, prokuratura, politsiya va h.k), hududiy yaxlitlikni ta’minlovchi qurolli
kuchlarni sanab o‘tadi
1
.
Ba’zi ilmiy adabiyot va darsliklarda davlatning asosiy belgilari sifatida davlat
suvereniteti, davlatning nomi, bayrog‘i, gerbi, poytaxti va konstitutsiyasining
mavjudligi ham qayd etilgan. Biroq, bunday fikrlarni quvvatlab bo‘lmaydi. Dav-
lat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi belgi-xususiyat emas, balki davlatning ramzlari-
dir. Davlatning nomi uning mavjudligi va mohiyatini belgilaydigan omil emas.
Davlatning poytaxti ham o‘zgarib turishi mumkin. Va nihoyat, konstitutsiya
ham davlatning mavjudlik sharti emas. Masalan, Buyuk Britaniyaning konsti-
tutsiyasi yo‘q, ammo u davlatlik sifatlarini yo‘qotgan emas. Konstitutsiyalar
paydo bo‘lgunga qadar ham davlatlar mavjud bo‘lgan.
Davlat belgilari xususida huquqshunos olimlarning fikr va mulohazalari,
yondashuvlari turli-tumanligi fanni boyitishga va bu sohadagi bilimlarni
1
Qarang: Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007. – 180–181-betlar; Davlat va huquq
nazariyasi // professorlar Х.B. Boboyev va H.T. Оdilqoriyevlarning umumiy tahririda. – T., 2000. – 76-bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |