Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

46

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Sotsial normalarga

 – odat, axloq, din, etika, estetika kabi normalar kir-

gan. Ibtidoiy davrdagi sotsial normalar o‘sha tarixiy davr sharoitining va ishlab 

chiqarish munosabatlarining mahsuli bo‘lgan.

F. Engels insoniyatning «go‘daklik» davriga shunday tavsif bergan: «Bu 

urug‘doshlik tuzumi g‘oyat sodda bo‘lganligiga qaramasdan, qanday g‘aroyib 

tashkilot! Soldatlar, jandarmlar va politsiyalar, dvoryanlar, qirollar, noiblar, ho-

kimlar yoki sudyalar, turmalar, protsesslar yo‘q bo‘lsa-da – hamma ishlar 

belgilangan tartibda boradi. Har qanday janjal va anglashmovchiliklar kim-

larga taalluqli bo‘lsa – o‘shalarning kollektivi tomonidan, ya’ni urug‘ va qabila 

tomonidan, yoki ayrim urug‘larning o‘zi o‘rtasida hal qilinadi; kambag‘al va 

muhtoj kishilar bo‘lishi mumkin emas, kommunistik xo‘jalik va urug‘ qarigan-

lar, kasallar va urushda mayib bo‘lganlarga nisbatan ado qiladigan vazifalarini 

yaxshi biladi. Hamma shu jumladan, xotin-qizlar ham teng va erkindirlar»

1



Shunday qilib, ibtidoiy tuzum sharoitidagi ijtimoiy hokimiyat quyidagi 



o‘ziga xususiyatlar bilan ifodalangan:

birinchidan

, urug‘ning butun jamoasi hokimiyatning birdan-bir manbayi 

hisoblangan. Barcha jamoa a’zolari hokimiyatni amalga oshirishda ishtirok et-

ganlar, uning to‘laqonli sohibi sanalganlar. Urug‘, qabila jamoasining o‘zi o‘zi 

uchun xulq-atvor qoidalarini o‘rnatganlar va ularga ixtiyoriy rioya qilganlar;

ikkinchidan

, urug‘ning barcha katta yoshdagi a’zolari ishtirokidagi 

majlis (kengash)lar ijtimoiy hokimiyatning yuqori, oliy organi bo‘lgan. Umu-

miy majlis (kengash) urug‘ jamoasi hayotining, xo‘jalik faoliyatining barcha 

masalalarini hal etgan;

uchinchidan

, urug‘ jamoasining kundalik hayot-faoliyatini boshqarish 

umumiy majlisda saylab qo‘yiladigan oqsoqol zimmasiga yuklatilgan. Boshqa-

ruv ishlari hammaning manfaatini inobatga olib amalga oshirilgan. Oqso-

qol o‘z shaxsiy manfaatini jamoa a’zolarining umumiy manfaatidan ustun 

qo‘yaolmagan. Muhimi, oqsoqol ham, harbiy yo‘lboshchilar ham yalpi ishlab 

chiqarish faoliyatida boshqalar bilan bab-baravar ishtirok qilganlar;

to‘rtinchidan

, ibtidoiy tuzumdagi ijtimoiy hokimiyat kuchga emas, balki 

obro‘ga, hurmatga, e’tirofga va odat qoidalariga, diniy talablarga tayangan. 

Qoidabuzarlar qattiq jazolangan. Majburlov, jazo choralarini qo‘llash butun 

urug‘ jamoasining amri bilan amalga oshirilgan. Majburlovni qo‘llovchi alo-

hida, maxsus organlar bo‘lmagan;



beshinchidan

, qabila miqyosidagi ijtimoiy hokimiyat ham urug‘ doirasida-

gi hokimiyat singari tamoyillar asosida amalga oshgan. Bu davrda «ibtidoiy 

demokratiya» hukm surgan, deyish mumkin. Qabiladagi ijtimoiy hokimiyat 

qabila kengashi, umumiy yig‘ilishi, qabila boshlig‘i timsolida namoyon bo‘lgan. 

Marks K. va Engels F. Ikki tomlik tanlangan asarlar. «O‘zdavnashr», 1959. II tom. – 273–274-betlar.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish