Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet645/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   641   642   643   644   645   646   647   648   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

441

XXI bob.

 Qonuniylik va 

huquqiy tartibot. Intizom

ganlar, ijtimoiy birliklar, mansabdor shaxslar va fuqarolarning qonunlarga bir 

xilda rioya etishlari va ularni aniq bajarishlari majburiyati yotadi

1

.



Qonuniylik prinsipi xususida olimlarning qarashlari turlicha bo‘lsa-da, 

ular bildirgan fikrlar aslida bir xilligi ko‘rinib turibdi. Shundan kelib chiqqan 

holda, qonuniylik prinsipini quyidagicha ta’riflash mumkin: 

Qonuniylik

 – 


huquq subyektlarining amaldagi qonunlarga aniq va bir xilda rioya qilishlarini 

anglatuvchi, huquqiy demokratik davlatning mohiyatiga xos rahbariy g‘oyadir. 

Qonuniylik amalda o‘z ifodasini topgandagina, huquqiy qadriyat darajasiga 

ko‘tariladi. O‘z navbatida, huquqning qadriyat tarzida e’tirof etilishida qonuniy-

lik prinsipi muhim rol o‘ynaydi. 

Huquqiy tartibotning yagonaligi 

prinsipiga ko‘ra mamlakatning butun 

hududida yagona huquqiy muhit, huquqiy tartib o‘rnatiladi, mazkur huquqiy 

tartibotga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa tarzdagi tartib o‘rnatish qat’iyan man 

etiladi.

Ierarxiyaga asoslanganligi 

– huquqiy tartibotni amalga oshirishda ijti-

moiy munosabatlar ishtirokchilari normativ-huquqiy hujjatlarning pog‘onama-

pog‘ona joylashganligi prinsipiga rioya etishini anglatadi. 



Adolatlilik

 – huquqiy tartibotning asosiy prinsipi hisoblanadi. Jamiyat-

da o‘rnatilgan huquqiy tartibot adolat g‘oyasi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim, 

shundagina jamiyat a’zolari bunday huquqiy tartibotga ixtiyoriy rioya qilishlari 

mumkin. Huquqiy tartibotning jamiyat barcha a’zolari uchun maqbul bo‘lishi 

talab etiladi.



Huquqiy tartibotning kafolatlanganligi

 – jamiyatda o‘rnatilgan har 

qanday huquqiy tartib davlatning tashkilotchilik faoliyati va majburlov kuchi 

bilan ta’minlanadi. Huquqiy tartibotni ta’minlashda huquqni muhofaza qiluvchi 

organlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Sud, prokuratura va ichki ishlar organlari 

o‘zlarining kundalik faoliyatida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini 

ta’minlashga qaratilgan vazifalarini amalga oshiradilar va shu yo‘l bilan jamiyatda 

huquqiy tartibot o‘rnatadilar.

Huquqiy tartibotning normativligi – jamiyatda mavjud ijtimoiy mu-

nosabatlarning amalga oshishi hammaga birdek majburiy bo‘lgan huquqiy 

normalar orqali tartibga solinadi; huquqiy munosabat subyektlari va ularning 

subyektiv huquq va yuridik majburiyatlari doirasi hamda huquqiy munosa-

batlarni vujudga keltiruvchi, o‘zgartiruvchi va bekor qiluvchi yuridik faktlar 

qonun bilan belgilanadi; huquqiy munosabat ishtirokchilarining harakatlari 

aniqlashtiriladi. 

Qаrаng: Байтин М.И. Принцип всеобщего равенства перед законом и судом в свете концепции 



единства естественного и позитивного права // Государство и право. – 2005. – № 8. – 101-bet.



Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   641   642   643   644   645   646   647   648   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish