Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

23

I bob.

 Davlat va huquq 

nazariyasining prеdmеti va mеtodi

Masalan, «ikki tasdiq fikrdan uchinchi yangi tasdiq fikr (xulosa) chiqa-

di». «Hosil qilingan yangi mulohaza dastlabki mulohazalardan umumiyroq 

bo‘lmaydi». Mantiq sillogizmlarining eng oddiylaridan birini davlat masalasiga 

qo‘llab, xulosa chiqarib ko‘raylik:

a) demokratik davlatlarda vakillik hokimiyat idoralari saylov asosida 

shakllantiriladi;

b) O‘zbekiston Respublikasida davlat vakillik idoralari saylov asosida 

shakllantiriladi;

v) demak, O‘zbekiston Respublikasi demokratik davlatdir. 

Bunday tarzda chiqarilgan xulosa mantiqiy jihatdan ziddiyatsizdir.

Tarixiy metod 

– davlat va huquqni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga 

bog‘lab o‘rganish usuli bo‘lib, unda davlat va huquqning tavsifi va rivojlanish 

bosqichlari tarixiy xronolologik izchillikda, ketma-ketlikda o‘rganiladi.

Ushbu o‘rinda davlat va huquqning tarixan vujudga kelish sabablari va 

shart-sharoitlarini aniqlash, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlani-

shi, o‘zgarishi va shakllanishiga ta’sir etgan omillarni ko‘rsatib berish, shu 

asosda davlat va huquqning bugungi holatiga baho berish hamda istiqboldagi 

evolyutsiyasini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarixiy metod vositasida davlat – huquqiy hodisalarga ikki nuqtayi 

nazardan yondashish mumkin: 

birinchidan

, bu hodisalarning «vaqt o‘lchovida 

harakatlanish, o‘zgarish jarayoni»ni kuzatish, 

ikkinchidan

, bu jarayonni 

«nazariy jihatdan anglash». Tarixiy yondashuv asosida tahlil yuritish umu-

man abstrakt davlat va huquqni emas, balki konkret, aniq muayyan davlat 

va huquqning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va mohiyatini, tabiatini o‘rganish 

imkoniyatini beradi.

Va nihoyat, davlat va huquqning nazariy jihatlarini tarixiy voqealar ham-

da faktlar bilan bog‘lab o‘rganish puxta bilim olish garovidir. Davlat va huquq 

haqidagi turli-tuman fikrlar ichida o‘ralashib qolmaslik uchun ularning asosiy 

tarixiy bog‘lanishlarini unutmaslik lozim. Shu bois har bir masalaga tarixdagi 

ma’lum hodisa qanday paydo bo‘lganligi, bu hodisa o‘z rivojlanishida qanday 

asosiy bosqichlardan o‘tganligi nuqtayi nazaridan qarab, bu hodisa hozirgi 

paytda qanday bo‘lib qolganligiga baho berish lozim. Bu metodologik talab 

davlat va huquq hodisalariga ham bevosita taalluqlidir. 




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish