Buxgalteriya hisobini isloh qilishning zarurligi. Buxgalteriya hisobiga rahbarlik
Ma’lumki, moliyaviy va boshqa hisob ma’lumotlari korxonalar faoliyatini boshqarishda tegishli qarorlar qabul qilishning asosiy manbayi boiib hisoblanadi, u o‘z navbatida korxonaning iqtisodiy va moliyaviy salohiyatini oshirishga, yuqori samara bilan faoliyat ko‘rsatishga, turli raqobatchilar maydonida yengib chiqib, yuqori foyda olish imkoniyatini yaratadi. Moliyaviy hisobni isloh qilish respublikamizning mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi, turli xalqaro tashkilotlarga a ’zo bo iish i, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni taqqoslashda hisobning uslubiy tamoyillarini jahon hamjamiyatida qabul qilingan andozalar talablariga javob berishi bilan ham bogiiq. Respublikamizda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming hisob ishlariga rahbarlik quyidagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi: 1. Uslubiy rahbarlik — 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy bolinmalari tomonidan (yo‘riqnoma, koi'satma va boshqalar asosida yoi-yo‘riq berilishi bilan). 2. Joriy rahbarlik — 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi va uning hududiy boiinmalari tomonidan (kadrlar tayyorlash, hisob ishlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish va boshqalar bo‘yicha). 3. Boshqa yuqori tashkilotlar va xo‘jalik rahbariyati tomonidan (tegishli vazirliklar, boshqarma va idoralar).
Moliyaviy hisobni tashkil qilishning milliy siyosati. Bo/or iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy hisobning tutgan o‘rai, vazifalari va boshqa fanlar bilan o‘zaro bogliqligi. Moliyaviy hisobning predmeti (obyektlari)
Moliyaviy hisob — bu rasmiy hisob turi bo‘lib, uni yuritish mulkchilikning va biznesni yuritishning shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy hisoblanadi. U qabul qilingan tartib-qoida, talablar va andozalar asosida tashkil etilmog‘i lozim. Moliyaviy hisobni tashkil etish respublikaning hisob sohasidagi milliy siyosati o‘z aksini topgan «Buxgalteriya hisobi to ‘g‘risida»gi Qonun va «Buxgalteriya hisobi milliy andozalari» talablari asosida amalga oshiriladi va ular uni boshqarish hamda tashkil etish tizimining asosi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya (shu jumladan, moliyaviy hisob) hisobi ahamiyatining oshishi, birinchidan, buxgalteriya hisobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini boshqarishning ajralmas boMagiga aylangan bo‘lsa, ikkinchidan, turli xil foydalanuvchilarni hisob ma’lumotlari bilan ta’minlash markaziy masalalaridan biriga aylanganligi, uchinchidan, zamonaviy buxgalter faqatgina hisob ishlarini yuritibgina qolmay, balki buxgalteriya maiumotlarini tahlil qilish, korxona iqtisodiy holatini tavsiflovchi turli xil ko‘rsatkichlarni hisoblash, xo‘jalik jarayonlariga baho berish, korxona istiqbolini belgilay olishi kerak. Bundan tashqari zamonaviy buxgalter auditorlik faoliyati bilan ham shug‘ullana olishi lozim. Yuqoridagilardan kelib chiqib moliyaviy hisob oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan: 1. Mavjud va potensial sarmoyadorlar va kreditorlar uchun qulay hamda xolis axborotni taqdim etish. 2. Mavjud va potensial sarmoyadorlar, kreditorlar va boshqa foydalanuvchilarga kutiladigan daromadlar bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishda yordam beradigan axborotlar taqdim etish. 3. Korxonaning xo‘jalik resurslari, majburiyatlari, mulk tarkibi va ularning shakllanish manbalari, shuningdek, ulardagi o‘zgarishlar haqidagi axborotlami taqdim etish. Moliyaviy hisob fani buxgalteriya hisobi nazariyasi, boshqaruv hisobi, audit, iqtisodiy tahlil nazariyasi, soliqlar va soliqqa tortish, moliya fanlari bilan uzviy aloqada. Moliyaviy hisobning o‘rganish obyektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: — korxonalaming mablag‘ va resurslari — mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor mahsulot, ustav va boshqa fondlar, kelgusi davr xarajatlari va toMovlari rezervi; — korxona faoliyati jarayonlari — tovar-moddiy boyliklarini tayyorlash, ishlab chiqarish, tayyor mahsulot (ish, xizmat)lar realizatsiyasi, kapital qo‘yilma va boshqa jarayonlar; — hisoblashuv jarayonlari — byudjet, mol yetkazib beruvchi, pudratchilar, xaridor, xodimlar, banklar va boshqa tashkilot hamda shaxslar bilan hisoblashuvlar; — korxona xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar shaklida.
Do'stlaringiz bilan baham: |