Тошкенt-2022 “Moliya-kredit” kafdrasi


Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar



Download 186,95 Kb.
bet7/17
Sana20.07.2022
Hajmi186,95 Kb.
#828352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
“Moliya” fanidan yakuniy nazorat

Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar


Tadqiqotlar ma’lumotlari
Buyuk Britaniyada bir necha tadqiqotlar o‘tkazilib, ularning aksariyati intervyu olish yoki pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali yirik kompaniyalar katta boshqaruvchilari so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan.
Payk va Ooi (Pike va Ooi 1988) ikki bosqichda – 1980 va 1986 yillarda
pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali so‘rovnoma o‘tkazganlar. 1980 yilda pochta bo‘yicha anketalar Buyuk Britaniyadagi 208 ta yirik kompaniyaga tarqatilgan.
1986 yilda anketalar 1980 yildagi anketalarga javob qaytargan kompaniyalarga, ushbu kompaniyalar qo‘shilish, birlashish va h.k. natijasida faoliyati tugatilmagan sharoitda yuborilgan.
Har ikki tadqiqotda muayyan to‘ldirilgan anketalar soni 70%dan yuqori bo‘lgan.
Har ikki holatda ham moliya top-menejerlaridan ular biznesi uchun beshta – ikkita qisqa muddatli va uchta uzoq muddatli moliyaviy maqsad muhimligini besh balli shkala bo‘yicha baholash so‘ralgan.
O‘rta hisobda aniqlangan ma’lumotlar asosida maqsadlar ahamiyatiga qarab farqlash 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 5 ball maqsad juda muhimligini, 1 ball esa – maqsad unchalik muhim emasligini anglatadi.
2.1-jadval
Moliyaviy maqsadlarning muhimlik darajasi (1980-1986)

Maqsadlar

1980

1986

Qisqa muddatli (1-3 yil)







Daromadlilik darajasi (masalan, investitsiyalardan foizlarda ifodalangan daromad nisbati)

4,28

4,61

Foyda yoki tushum (ya’ni, foydaning rejali me’yori)

4,01

4,41

Uzoq muddatli (3 yildan ko‘proq)







Savdo-sotiqlar o‘sishi

3,18

2,97

Aksiya uchun foyda ko‘payishi

2,83

4,38

Aksiyadorlar farovonligining oshishi

3,07

4,06

Manba: Pike va Ooi (1988)dan soddalashtirib olingan.
Ushbu natijalar kompaniyalar uchun bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan bir qator ahamiyatli maqsadlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, ulardan to‘rttasining vaqt o‘tishi bilan yuqorilab boruvchi ahamiyatini aks ettiradi (savdo-sotiqlar o‘sishi bundan mustasno). Ma’lum bo‘lishicha, 1980 yilda qisqa muddatli maqsadlar so‘ralganlar uchun uzoq muddatli maqsadlarga nisbatan muhimroq bo‘lgan. Shunga qaramay, 1986 yilga kelib, aksiya uchun foyda (earnings per share, EPS) va aksiyadorlar farovonligining oshishi deyarli qisqa muddatli maqsadlar kabi muhim maqsadga aylangan.
Payk va Ooi tadqiqotlari natijalari muayyan darajada so‘nggi yillarda AQSH va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari bilan muvofiqlashadi.
Qayd etish kerakki, foyda yoki tushum, aslida, tijorat faoliyati natijasida kompaniya boyligining sof o‘sishi sifatida aniqlanadi. Shunday qilib, diqqat-e’tiborni EPS yoki daromadlarga jalb etadigan maqsadlar aksiyadorlar farovonligining oshirilishiga zid kelishi shart emas. Ular o‘rtasida to‘qnashuv uzoq muddatli foyda qisqa muddatli daromad foydasiga tahdid ostiga qo‘yiladigan holatdagina yuzaga keladi.
Shunday qilib, Payk va Ooi tadqiqotlari respondentlari tomonidan qisqa muddatli daromad sifatida belgilanganda, ular, aslida, uni uzoq muddatli maqsadlarga zid ravishda qabul qilishgan. EPSni ko‘paytirish va aksiyadorlar farovonligini oshirish maqsadlarining xuddi shu respondentlari tomonidan yuqori baholanishi buni amalda tasdiqlaydi.

Download 186,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish