Тошкенt-2022 “Moliya-kredit” kafdrasi


Foyda va ko’rilgan zarar to’grisida hisobot



Download 186,95 Kb.
bet12/17
Sana20.07.2022
Hajmi186,95 Kb.
#828352
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
“Moliya” fanidan yakuniy nazorat

3. Foyda va ko’rilgan zarar to’grisida hisobot.
Xo‘jalik hisobi va uning tarkibiy qismlari. Q‘zbckiston Respublikasida buxgalteriya hisobining konsepsiyasi, zarurligi va tashkil etish asoslari Xo‘jalik hisobini korxona mablag‘larining aylanishi jarayonidagi (ta’minot, ishlab chiqarish, sotish) o‘rni muhim hisoblanadi. Ushbu holatdan kelib chiqib ushbu jarayonlarni kuzatish, o‘lchash, ro‘yxatga olish, ular bo‘yicha tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lish xo‘jalik hisobining asosiy mazmunini tashkil etadi. Xo‘jaliklar faoliyatidagi o'zgarishlarni to‘laqonli o‘rganish xo‘jalik hisobining quyidagi turlari yordamida olib boriladi:1. Operativ-texnika hisobi. 2. Statistika hisobi. 3. Buxgalteriya hisobi. Operativ-texnika hisobi — ishlab chiqarishning ayrim bo‘linmalarida sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlari va xo‘ja!ik m uom alalari haqida zarur m a’lum otlarni tezkor holatda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir. Operativ-texnika hisobining o‘ziga xos xususiyatlari shuki, bunda xo‘jalik jarayoni to‘g‘risidagi qisqa vaqtdagi maiumotlar tezlik bilan qayd etiladi va tegishli joyga zudlik bilan yetkaziladi. Fermer xo‘jaliklarida shunday ma’lumotlarga yer haydash to‘g‘- risidagi ekinlar texnologiyasining bajarilishi bo‘yicha boshqa ishlar (sug‘orish, chekanka, paxta terish) kiradi. Statistika hisobi - muayyan sharoitda xalq xo‘jaligi miqyosida va uning ayrim sohalarida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini miqdoriy ifodada o‘rganadi. Demak, statistik hisob ommaviy ijtimoiy hodisalarni o‘rganish va nazorat qilish tizimidan iborat. Bunday ma’lumotlar jumlasiga yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, sof milliy mahsulot, inflyatsiya va ishsizlik darajalari, aholi soni hamda tarkibi va boshqalar kiradi. Buxgalteriya hisobi — bu barcha xo‘jalik operatsiyalarini yaxlit, uzluksiz hujjatlar asosida hisobga olish yoii bilan buxgalteriya axborotlarini yig‘ish, qayd etish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimdan, shuningdek, uning asosida moliyaviy va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir («Buxgalteriya hisobi to‘g‘rida»gi qonun, 4-modda). Buxgalteriya hisobi xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Boshqaruv hisobi. 2. Moliyaviy hisob. 3. Soliq hisobi. Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tannarxini kalkulyatsiya qilish bilan birga mavjud holatni tahlil etish, qaror qabul qilish, texnologik dasturlardan, resurslardan foydalanish va tannarxning shakllanishini boshqarish, xarajatlar sarfini nazorat qilish va boshqalami o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob shunday ma’lumotlarni o‘zida mujassam ctadiki, ushbu ma’lumotlar nafaqat korxona faoliyatiga rahbarlik qilish, balki tashqi foydalanuvchilarga ham tegishli ma’lumotlardan foydalanishga imkon beradi. Uning ma’lumotlari korxonaning aktivlari va passivlarini hisobotlar shaklida umumlashtirishga, korxonaning mulkiy va moliyaviy holatini ta’riflashga imkon beradi. Soliq hisobi korxona, tashkilot va muassasalarda soliqlar hamda yig‘imlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, soliq imtiyozlarini qo‘llash hamda ularning o‘z vaqtida byudjetga o"tkazilib borilishini ta’minlab beruvchi hisobdir. Hozirgi vaqtda soliq hisobi moliyaviy hisobning tarkibiy qismi sifatida o‘rganilmoqda. Bunda, eng avvalo, soliq hisobining ma’lumotlari moliyaviy hisob va hisobotlarda aks ettirilayotganligi hisoblanadi. Kelajakda soliq hisobi moliyaviy hisobdan ajralgan holda olib borilishi mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining taraqqiyoti, undan foydalanish darajasining kengayishi buxgalteriya hisobiga oid asoslaming (konsepsiya) saqlanib qolinishini taqozo etadi. Konsepsiya turli xil tarmoqqa tegishli xo‘jaliklar, turli faoliyat ko‘rinishlari, tashkiliy-huquqiy shaklda buxgalteriya hisobini olib boruvchi va tashkil etuvchi asoslami xarakterlaydi. Konsepsiyalar birgalikda olingan holatda ham buxgalteriya hisobining maqsadlariga qarshi boMmasligi kerak. Moliyaviy hisob va hisobot konsepsiyasi xalqaro hamda milliy standartlarga, muayyan qoidalarga asoslanadi. Ma’lumki, buxgalteriya hisobi xo‘jaliklarda sodir bo‘ladigan xo‘jalik jarayoni va muomalalarini pul ifodasida, yoppasiga, uzluksiz, o'zaro bog‘langan holda, dastlabki hujjatlarda aks ettirishni ta’minlaydigan hisob deb hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining yuqoridagi xususiyatlaridan kelib chiqib uning tashkil etilishiga bo‘lgan zaruriyat yanada ortadi.
Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasiga binoan buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishni buxgalteriya hisobi subyektining rahbari amalga oshiradi. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda unga tegishli mavjud m e ’y o riy hujjatlar, xalqaro standartlar, xo‘jaliklaming hajmi va ixtisoslashuvi kabi holatlar hisobga olinadi.

Download 186,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish