5-rasm. 2019-2021 yillarda bank daromadlarining o’sish sur’ati6
Bank tomonidan 2019-2021 yillar davomida aktiv va passivlarni samarali boshqarish orqali daromadlar hajmini 2 406 mlrd. soʼmga, foyda miqdorini esa 55,0 mlrd. soʼmga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bunda, kredit va investitsiyalardan foizli daromadlarning oʼsish surʼatini oshirish, jalb qilingan mablagʼlar boʼyicha toʼlanadigan foizli xarajatlarni mutanosib kamaytirish rejalashtirilgan. Natijada, bank 2021 yilda 931,0 mlrd. soʼm miqdorida sof foizli daromadga ega boʼladi. Banklarning har bir operatsiyalari maʼlum darajada tavakkalchilik bilan bogʼliqligi, yaʼni foyda darajasi va xatar bir-biriga toʼgʼri mutanosib oʼsishini hisobga olgan holda aktivlar boʼyicha 2019-2021 yillar davomida 638,0 mlrd. soʼmga zahira shakllantirish koʼzda tutilgan.
2019-2021 yillar davomida bank infratuzilmasini yanada takomillashtirish va sifatli xizmat koʼrsatish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, filiallarda rekonstruktsiya va kapital taʼmirlash ishlarini amalga oshirish hamda ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Xulosa
Mamlakatimizda bugungi kunda turli Aloqa bank banklari o’z faoliyatlarini olib bormoqda. Ular orasida aksiyadorlik-Aloqa bank banklari, xorijiy kapital ishirokidagi banklar, xususiy banklar, davlat banklarini ko’rishimiz mumkin va ular o’z faoloyatari doirasida universal faoliyat ko’rsatib turli-tuman bank xizmatlarini olib borishmoqda.
«Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali ham shu banklar qatorida bo’lib, u o’zining keng ko’lamdagi operatsiya vaxizmatlari bilan mijozlarga xizmat ko’rsatib kelmoqda. Xusuan, «Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali bugungi kunda mamlakatimiz miqyosidagi yetakchi banklardan biri hisoblanadi.
«Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali o’zining yuksak malakaviy va kasbiy prinsiplari va etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bankning faoliyati albatta barcha O’zbekiston Respublikasi hududida mavjud bo’lgan qonunchiliklarga asosan shakllantirilgan. Shuningdek, bank yuksak odob-axloq, madaniyat etikasiga ega bo’lgan bank bo’lib, bank etikasi «Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali ning “Bank xodimlari odob- axloq qoidalari” da tasdiqlangan. Unga ko’ra bank va uning hodimlar o’z vazifalarini barcha odob-axloq va qonunchilik normalariga asoslangan holda bajarishlari kerak.
«Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali ning faoliyatiga to’xtaladigan bo’lsak, bugungi kunda bank eng ilg’or texnologiyalar asosida ish olib boradi va o’z faoliyati davomida turli dasturiy ta’minotlardan, xususan, SAP, NCI, Smatr Bank va boshqa bir qancha dasturlardan foydalanadi. Bu o’z navbatida ham mijozar, ham bank uchun qulayliklar yaratadi. Bankda kredit oluvchilar uchun keng kredit turlari bazasi shakllantirilgan bo’lib, bankda ipoteka, ta’lim, iste’mol, avtokredit va boshqa turdagi kreditlar beriladi. Bank bu jarayonda ham yuqori axborot- texnologiyalari vositalaridan foydalanadi.
«Aloqa bankbank» ATB Guliston filiali buxgalteriya operatsiyalarini amalga oshirishda tizimlashtirilgan va o’zaro integrallashtirilgan ketma-ketlik va tartib asosida ish ko’radi. Bunda buxgalteriya va bank xodimlariga INSIDE dasturi ko’maklashib, bu dastur bank faoliyatida bank amallarini tezlashtirish vatartibli amalga oshirishda muhim kasb etadi. Amaliyot davrida olingan ko’nikma va malakalardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, bank hujjatlari bilan bir qancha e’tibor va mas’uliyat talab etadi, chunki har bir amalga oshirilayotgan operatsiya va xizmat asosida nafaqat bank manfaatlari, balki minglab mijozlarning manfaatlari ham yotadi.Shu bois bank amaliyotida hujjatlarni to’ldirish va tartibga solish hamda ular bilan ishlash ma’lum bir qiyinchilik va tajriba etadi, ammo bu hujjatlar bilan ishlash bank amaliyotining bir qismigina bo’lib, bankda kuniga bir necha yuz operatsiya amalga oshiriladi va bunday operatsiyalardan biri bu kredit bo’lib, uni chiqarish, hisobini olib boorish hamda kredit summasi va foizini qaytarib olish bir necha ketma-ketlikdagi operatsiyalar sanaladi. Har bir operatsiya u taugaguncha ro’yxatdan o’tkazilib, uning hisobi olib boriladi va davr so’nggida hujjatlar arxivga taqdim etiladi. Amaliyot davrining yana bir muhim jihati shundan iboratki, bank hisobotlari bilan ishlash, ularni tuzish va to’g’riligini tekshirib, tahlil qila bilish muhim masala hisoblanadi, chunki bank hisobotlari bank haqida, uning amaldagi ahvoli va moliyaviy holati haqida ma’lumot beruvchi asosiy hujjat hisoblanadi deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. Bankda bir qancha hisobotlar, ya’ni moliyaviy natijalar, balans va boshqalar mavjud. Ularni o’rganib chiqish va tahlil qila bilishning muhimligi ham aynan yuqoridagi fikrlarda yaqqol namoyon bo’ladi. Yakuniy so’z sifatida aytish mumkinki, bank maxsus muassasa bo’lib, uning faoliyatida buxgalteriya apparati muhim ro’l o’ynaydi. Shu sababli bu sohani o’rganish muhim va dolzarb hisoblanib, bor kuchlarimizni unga yo’naltirishimiz zarurdir.
Bitirib malakaviy amaliyoti bo‘yicha shuni xulosa qilish mumkinki, mamlakatimiz iqtisodiyotining yetakchi tarmog‘i bo‘lmish bank tizimimiz bugungi kun zamon talabiga javob berishi uchun o‘z faoliyatida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashi birinchi darajali dolzarb masala hisoblanadi. Shunday zamonaviy texnologiyalar asosida masofaviy bank xizmatlari, xususan, Internet-banking xizmatining faol joriy etilishi eng muhim masala ekanligi shubhasiz. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan elektron Aloqa bank va elektron to‘lovlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanilganligi tufayli Aloqa bank ishida hamkorlarni topish, shartnomalarni tuzish, tashqi bozorga tezkor chiqishda keng imkoniyatlar yaratilib, ushbu imkoniyatlar ularning raqobatbardoshligini oshirishda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘z navbatida, bunday holat milliy iqtisodiyotimizning barqarorligini ta’minlamoqda. Shunday ekan, ushbu sohani yanada kengaytirish, bank mijozlari uchun qulay imkoniyatlar yaratishda tinmay izlanishlar olib borish lozim, deb o‘ylayman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo‘lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
ATB “Aloqa bankbank” ni yanada rivojlantirish va yakuniy natijalarga erishish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda:
* bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish;
* ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari turlarini, raqamli bank xizmatlarini ko‘paytirish va sifatini yanada yaxshilash, xususan, bank infratuzilmasini rivojlantirish, ayniqsa, qishloq joylarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda masofadan turib bank xizmatlarini ko‘rsatish ko‘lamlarini yanada kengaytirish.
Shuningdek, umumiy xulosa o‘rnida shuni alohida qayd etish lozimki ta’kidlab o‘tilgan barcha masalalar ATB “Aloqa bankbank” tizimini amaliyoti uchun kelajakda juda muhim ahamiyat kasb etishi ravshan hodisa. Shunday ekan endilikda aynan yangi raqamli bank xizmatlari joriy etilib, banklar faoliyatining kelajagini tashkil etuvchi tizimlar sifatida katta sahnaga chiqqanda ushbu yuqorida berilgan takliflarning naqadar amaliyotga mos kelishini kuzatishimiz mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |