Aksonometrik masshtab – aksonometrik tasvirlar yasash uchun ortogonal proyeksiyalarga qo‘yilgan hamma o‘lchamlarni tegishli o‘qlar bo‘yicha o‘zgarish koeffisentlariga ko‘paytirib yasalgan tayyor masshtab. Undan foydalanib berilgan chizig‘iy o‘lchamlarning aksonometrik o‘qlar bo‘yicha qancha bo‘lishini shakldan tayyor (chizg‘ich yoki o‘lchagich yordamida) o‘lchab olinaveradi.
Aksonometrik proyeksiyalar tekisligi – proyeksiyalanuvchi jism joylashgan proyeksiyalar tekisliklaridan tashqarida olingan proyeksiyalar tekisligi. Unga jism u joylashgan to‘g‘ri burchakli fazoviy o‘qlar bilan birgalikda proyeksiyalanadi. Aksonometrik proyeksiyalar tekisligi aksonometriya tekisligi deb ham yuritiladi.