Shaybalar. Shayba gayka, vint yoki bolt kallagining ostiga qo’yiladi va ularning teshigida rezbasi bo’lmaydi (5.14.12-chizma). Shaybalar biriktiruvchi va biriktiriluvchi detallarnign yuzalarini buzilishdan saqlash va ularga ta’sir qiladigan zo’riqishni bir me’yorda uzatish va tarqatish uchun xizmat qiladi. Shaybalar xomaki va toza turlarga bo’linadi. Toza shaybalar bog’langan po’latdan stanokda tayyorlanadi va ularning o’rtasidagi va tashqi sirtida faskalari bo’ladi.
5.14.12-chizma
Xomaki (qora) shaybalar asosan list po’latdan qirqib olinadi va barabanda tozalanadi va ularga stanokda ishlov berilmaydi.
Toza va xomaki shaybalardan tashqari yana gaykalarni zarb, tebranish yoki silkinishlar ta’sirida gaykalar o’z-o’zidan buralib katishidan saqlash uchun prujinashaybalar ishlatiladi (5.14.12-chizma, b).
Shaybalar o’lchamlari standartlashtirilgan. Lekin ularni bolt yoki shpilkaning rezbasi nominal diametri d ga nisbatan taxminiy o’lchamlarda chizish mumkin. Shayba diametri d0=1,1d , tashqi diametri d2=2,2d , qlinligi s=0,15 d va faskasi c=0,25d gat eng qilib olinadi (5.14.12-chizma, a).
1-bajarilishdagi, diametri 14 mmli, 08 kp markali po’latdan tayyorlangan qoplamasi qalinligi 6 mkm li shaybaning shartli belgilanishiga misol: shayba 14.01.08 kp.016.
2-bajarilishdagi, teshik diametri 20 mm, 65G markali po’latdan tayyorlangan, 02 qoplma qalinligi 6 mkm prujina shaybaning shartli belgilanishiga misol: shayba
20.65G.025.
10% va 12% qiyalikdagi balka (shveller va qo’shtavr) larning qiyaliklarini to’g’irlash uchun gaykalar yoki boltlar kallaklari ostiga qo’yish uchun qiyshiq yuzali shaybalar ishlatiladi (5.14.12-chizma, c). teshik diametri 20 mm li, St. 3 po’latdan tayyuorlangan, qop[lama qalinligi 9 mkm li qiyshiq shaybaning shartli belgilanishiga misol: shayba 20.02 st. 3.019.
Sharnirli birikamalarning barmoqlari uchun tez sug’urib olinadigan tirak shaybalar ishlatiladi. Bunday shaybalar diametri 2 mm dan 20mm gacha 65G markadagi sifatli konstruksion po’latdan yoki BrKMs 3-1 qalaysiz bronzalardan qoplmali va qoplamasiz qilib tayyorlanadi.
Ichki diametri d =9 mm, BrKMs 3-1 markali bronzadan, 07 qoplama qalinligi
6 mkm bo’lgan tirakli shaybaning shartli belgilanishiga misol: shayba 9BrKMs33-
1.076.
Olti qirrali gayka va boltlarni stoporlash (qulflash) uchun panja stoporlash shaybalar tatbiq qilinadi (5.14.12-chizma, e, f, h). Bunday shaybalar a turkum aniqlikda diametrlari 3 mm dan 48 mm gacha bo’lgan biriktirish detallari uchun ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |