“The Economist” Singapur mo’jizasining uchta asosiy omilini ajratib ko'rsatadi: 1. Orolning strategik joylashuvi, Malakka bo'g'ozida joylashgan port, bu dengiz savdosining 40%i ustidan nazoratni kafolatlaydi. 2.Hukumat tomonidan xorijiy investitsiyalarga nisbatan qabul qilingan do'stona siyosat. 3. “Adolatli" hukumat.
Singapurning deyarli barcha yutuqlari bir kishi — islohotchilar asoschisi, mamlakatning sobiq bosh vaziri Li Kuan Yu nomi bilan bog‘liq.
Li Kuan Yuning safdoshlari yagona jamoa bo‘la olishdi. Bu kuchli jamoaning qoidalari aslida juda sodda: yuqori salohiyatli odamlarni millatga bosh qilish, amaliy ishbilarmonlik muhitini yaratishga urinish hamda halollik!
Do'stlaringiz bilan baham: |