Singapur Janubi-Sharqiy Osiyodagi mitti orol-davlat — O‘zbekistonning eng kichik Andijon viloyati hududiga qariyb 6 ta Singapur sig‘adi. Ulkan Osiyo xaritasidagi ana shu jimitdekkina nuqtada 5,78 mln. kishi Osiyoda eng farovon turmush kechirmoqda. Solishtirish uchun: ikkita Toshkent (poytaxt va viloyat) aholisi qariyb shuncha chiqadi. Milliy valyutasi – Singapur dollari
Singapurning nimasi bor? Singapur Malayziyadan ajralib chiqqan — ular mustaqillik berishni so‘rashganida (1965-yil) tashlandiq va botqoqda yashovchi asosan xitoylik va hindistonlik qashshoqlar (asl malayyaliklar juda oz)dan iborat «boshog‘riq»dan tezroq qutulish uchun Malayziya hukumati ko‘p o‘ylab o‘tirmagan ekan. Shu bir parcha yerda neft, gaz, oltin nima qilsin, hatto ichadigan suvigacha Singapur to‘liq Malayziyadan keltiradi — salkam olti million aholiga!..