Didaktik tizimlar va ularning turlari
Qadimgi grek faylasuflarining asarlarida «didasko», «didaskal», «didaskales» so’zlari «o’rganish», «pedagog», «o’rganuvchi» ma’nolarida qo’llangan. SHuningdek, quldorlik jamiyatida «kalokagatxiya» formulasi (grekcha «kalos kay agatos» so’zlarining qisqargan shakli) mavjud bo’lib, u ma’naviy va jismoniy munosabatlarda uyg’unlik mazmunini anglatgan. SHu formulaga ko’ra ma’naviy boyliklarni o’rgatish mazmuni, jismoniy mashqlar tizimi belgilangan. Bu paytga ke-lib ta’lim muayyan mazmun va ma’lum maqsadga yo’nalganlik kabi xususiyatlarga ega bo’ldi. Binobarin, quldorlik jamiyatidayok ilmiy didaktikaning kurtaklari paydo bo’lgan edi.
XVII asrning boshlarida nemis tilshunos olimi Volьfgang Ratixiy — Ratke (1571—1635) «didaktika» terminini «o’qitish san’ati» ma’nosida qo’llagan. 1613 yilda Kristof Xel’vig va Yoxim Yung Volьfgang Rat-kening tilshunoslik va nemis Oliy ukuv yurtlari yoki ta’lim muassasalariida ona tili o’qiish soxasydagi tajribalarini umumlashtirib, «Didaktikadan qisqacha xisobot yoki Ratixiyning o’qitish san’ati» nomli asarni yozishgan. Bu asarda «didaktika termini «o’qitish va tarbiya san’ati» ma’nosida qo’llangan. Keyinchalik ingliz faylasufi Fransis Bekon (1561—1626) 1620 yilda yozilgan «Yangi organon» nomli asarida fanlar sistemasi xususida fikr yuritib, «didaktika» terminini «badiiy asarni o’qish san’ati» ma’nosida ishlatgan. Garchand XVII asrning ikkinchi yarmigacha «didaktika» termini turli ma’nolarda qo’llangan bo’lsada, ta’lim didaktik tizim sifatida asoslanmagan edi. Didaktik tizim nima? Didaktik tizim — ta’limda pedagog va o’quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari, tashkiliy shakllari to’g’risidagi qarorlar (g’oyalar) majmuydir.
Didaktik tizimlarning ayrimlarida asosiy e’tibor pedagog faoliyatiga, ba’zilarida esa talaba faoliyatiga qaratilgan. Ana shunga ko’ra didaktik tizimlarni shartli ravishda uch guruxga ajratamiz: klassik! didaktik tizimlar. Bunday didaktik tizimlar «o’qitish o’qishdan katta» qolipi asosida yaratilgan; progressiv didaktik tizimlar «o’qish o’qitishdan katta»! qolipi asosida yaratilgan bo’lib, ularda ustunlik o’quvchi faoliyatiga berilgan zamonaviy didaktik tizimlar o’qitish va o’qish faoliyatlarining o’zaro uyg’unligini xisobga olish asosida yaratilgan.
Klassik didaktik tizim — namunali, xamma tomonidan e’tirof etilgan, umuminsoniy ma’naviyatlar darajasida tan olingan didaktik qarashlar majmuidir. Klassik didaktik tizimlarda didaktika fanining kategorial apparati — didaktika logikasiga oid asosiy tushunchalar chegaralangan, ma’lumot mazmunini moddiylashtirish vositalari (masalan, darslik, ko’rgazma qurol va sh.k.) belgilangan, didaktikadagi asosiy g’oyalar—ta’limning rivojlantirish (I.G.Pestalotstsi), tarbiyalovchanlik (I.F.Gerbart) xususiyatlari, shuningdek, tabiatga (Ya.A.Komenskiy) va madaniyatga (A.Disterveg) moslab o’qitish kabi qarashlar"; asoslangan, ta’limning yetakchi printsiplari, ta’lim metodlari va uning asosiy tashkiliy shakllari ishlab chiqilgan edi.
Xulosa
Didaktika umumiy psixologiya, oʻqitish psixologiyasi hamda bilish nazariyasi bilan uzviy bogʻliq. Bu fanlarning har biri bolaning bilish faoliyati va uni amalga oshirilish jarayoni toʻgʻrisida alohida bilim beradi. OʻzRning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da mazkur tamoyilga alohida eʼtibor qaratilgan. Tarbiyaning ustuvorligi ham bugungi oʻzbek Didaktikasining asosiy tamoyillaridan sanaladi. Komil shaxsni tarbiyalash har qanday taʼlim muassasasining asosiy vazifasiga aylandi. CH.Kupisevich didaktikaning tadqiqot predmetini juda keng tasvirlagan. Didaktikaning tadqiqot predmeti sifatida ajratilgan didaktik xodisa genetik jixatdan birlamchi, yagona, universal va umumiy xarakterda bo’lshni xam unutmaslik kerak. 1613 yilda Kristof Xel’vig va Yoxim Yung Volьfgang Rat-kening tilshunoslik va nemis Oliy ukuv yurtlari yoki ta’lim muassasalariida ona tili o’qiish soxasydagi tajribalarini umumlashtirib, «Didaktikadan qisqacha xisobot yoki Ratixiyning o’qitish san’ati» nomli asarni yozishgan. Bu asarda «didaktika termini «o’qitish va tarbiya san’ati» ma’nosida qo’llangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |