Avezimbetova Ibodat Kuchkarovna
Annotatsiya: ushbu maqolada ona tili va adabiyot fanlarini o‘qitishni pedagogik
texnologiyalardan foydalanish haqida bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: ta’limiy o‘yinlar, texnologik xarita, muammoli vaziyat, innovasion texnologiyalar,
interfaol metodlar.
ona tili va adabiyot darslari oldiga qo‘yiladigan vazifalar va ularni amalga oshirish yo‘llari
samarador usullar bilan o‘quvchilar ongiga singdirilgandagina kutilgan natija berishi mumkin.
darslarni innovasion texnologiyalardan foydalanish asosida tashkil etish ijobiynatija beradi,
chunki o‘qituvchi innovasion faoliyat yuritgandagina ta’lim mazmuni o‘zgaradi.
Bugungi kunda zamon talabi darajasida dars o‘tish uchun barcha o‘qituvchilarga quyidagi
omillarga rioya qilish tavsiya etiladi:
- didaktika va tarbiya nazariyasi bilan puxta qurollanish,
- innovatsion texnologiyalardan foydalanish,
- dars o‘tishning noan’anaviy usullarini amaliyotda qo‘llash,
- o‘quvchilarning bilimi, malakasi va ko‘nikmalariga mos tarzda ta’lim mazmunini yangi-
lash,
- o‘qitishda kompyuterlarni joriy etish,
- nutqiy jihatdan barkamol bo‘lish,ishontirish, isbotlash malakalarini egallash.
o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda ona tili va adabiyot darslariga interfaol
metodlar va ta’limiy o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va
mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan bir qatorda ularni fanga bo‘lgan qiziqishlarini ham
orttiradi.quyida biz ana shunday metodlardan ayrimlari haqida fikr yuritib, ulardan namunalar
keltiramiz: Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi muammo o‘zi nima degan savol asosida mavzuga kirib
boriladi. Muammo bilish va bilmaslikning o‘rtasi bo‘lib, bunda muammoning dolzarbligi va
o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. Bir mavzuga oid qator muammolar olinib, undan eng dolzarblari
ajratiladi. Mashg‘ulotda o‘qituvchi ishtirokchilarni guruhlarga ajratib, darsni o‘tkazish tartib-
qoidalari va talablarini tushuntiradi. chunki, ushbu texnologiyani amalga oshirish jarayoni
bosqichli ketma-ketlik asosida olib boriladi.
noan’anaviy dars tashkil etishda muammoli vaziyat yaratilsa, ayniqsa, bartaraf etish choralari
ko‘rilsa o‘quvchilar mavzuni puxta o‘zlashtiradilar. ona tili va adabiyot darslarida muammoli
vaziyat yaratishning quyidagi usullaridan foydalanish mumkin:
- Tilga oid dalillarni tahlil qilish asosida muammoli vaziyat yaratish,
- Til materiallarini sintez qilish asosida ham muammoli vaziyat yaratish mumkin.
- Til faktlarini qarama-qarshi qo‘yish va taqqoslash orqali muammoli vaziyat yaratish,
- Tillarni taqqoslash yo‘li bilan ham muammoli vaziyat yaratsa bo‘ladi.
Muammoli vaziyat yaratishda til materialining muarakkablik darajasini hisobga olish nihoyatda
zarur. chunki o‘qituvchi til materialining murakkablik darajasidan kelib chiqib, muammoli vaziyat
yaratishning usulini tanlaydi.
Bulardan tashqari onatili va adabiyot darslarida turli interfaol metodlardan foydalanish ham
dars samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |