Январь 2021 7-қисм
Тошкент
MAKTAB O‘QUVcHILARIGA ONA TILI FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY
MeTODLARDAN FOYDALANISH
Safarova Nargiza Hamrayevna
Buxoro viloyati , Buxoro shahar skolioz bilan
kasallangan bolalar uchun ixtisoslashgan sanatoriy
turidagi 23-son maktab-internat
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: ushbu maqolada maktab darslarida ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy
metodlardan foydalanish haqida so‘z boradi. uslublarning qo‘llanilishi.
Kalit so‘zlar: nutqiy o‘sish, grammatika, rivojlanishning 5 bosqichi, innovatsion yondashuv
har bir millat borki o‘z tili bilan go‘zal. sababi til millat ko‘zgusi deyishadi. Bizning
o‘zbek tilimiz ham xuddi shunday. Millatimizning madaniyati, ma’naviyatini yoritib beruvchi
hisoblanadi. o‘z sohasining yetuk muraxassisi bo‘lgan inson o‘z tilini ham puxta bilmog‘i kerak.
Zero, husnixat, imloviy xatolarning yo‘qligi o‘sha insonga bo‘lgan iliq hislarni beradi. savodli
avlodni tarbiyalash uchun albatta o‘zimiz savodli bo‘lmog‘imiz darkor. Birinchi o‘rinda til
me’yorlariga amal qilish so‘ng esa yozuvimizning imloviy xatolarsiz ekanligiga e’tibor bermoq
darkor.
Maktab yoshidagi o‘quvchilarni ona tiliga qiziqtirish uchun albatta ona tili fanida yutuqlarga
erishgan insonlarni tanishtirish kerak. so‘ng esa albatta o‘quvchilarga dars o‘tishda multimedia
vositalaridan foydalanish darkor.
ona tili fanidan asosiy va muhokamali mavzulardan biri uslublarni o‘rganish hisoblanadi.
uslublar turli sohalarda turlicha qo‘llanadi. Xususan, so‘zlashuv uslubi kundalik so‘zlashuv
jarayonini yaratadi. Bu uslubda ikki yo‘nalish bor ya’ni adabiy so‘zlashuv hamda oddiy so‘zlashuv
uslubi. adabiy so‘zlashuv uslubi adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda amalga oshadi. shu bilan
birga ushbu uslub sahnada, begona kishilar bilan suhbatda, turli davra yig‘inlarida foydalaniladi.
oddiy so‘zlashuv uslubi bu kundalik turmushda, ko‘cha-ko‘yda, qarindoshlar hamda oila a’zolari
bilan bo‘ladigan suhbatlarda foydalaniladi.
Bilamizki, bundan tashqari rasmiy uslub, badiiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslublar ham
bor. ushbu uslublarning ishlatilish joylari alohida.
uslublar
qayerlarda qo‘llanilishi
Yozma yoki og‘zaki
ilmiy uslub
ilmiy kitoblar, fan darsliklar,
akademiklar tomonidan hamda o‘quv
jarayonlarida
Yozma
Badiiy uslub
she’rlar, nasriy asarlar, badiiy
kechalar hamda sahna ko‘rinishlarida
Yozma
so‘zlashuv uslubi
ko‘chada, uyda, sahnada, davra
suhbatlarida
og‘zaki
rasmiy uslub
farmonlar, qarorlar, qonunlar hamda
Prezident murojaatlarida
Yozma
Publitsistik uslub
Maqola, ocherk, publitsistik
asarlarda
Yozma
uslublarni yaxshi o‘rganish uchun ham ona tili fanining o‘rni ahamiyatlidir. adabiyot fani esa
badiiy uslubni qo‘llashga zamin yaratadi. Yozuvchilarning ijod mahsuli qanchalik darajada go‘zal
hamda o‘tkir ekanligini tushunib yetishda as qotadi.
Vodiylarni yayov kezganda,
Bir ajib his bor edi menda...
chappar urib gullagan bog‘in,
o‘par edim vatan tuprog‘in...
shoir hamid olimjon qalamga olgan ushbu satrlarda inson qalbiga go‘zallik urug‘larini
qadaydigan o‘zgacha iliqlik bor. Badiiy uslubni chuqur o‘rganmoq uchun albatta inson kitoblarga,
badiiy adabiyotlarga oshno bo‘lmog‘i darkor. o‘quvchilarga adabiyot fanini o‘qitishda ham
zamonaviy va interaktiv usullardan foydalanish kerak, toki ularning o‘zlari qiziqsinlar. sababi
19
Do'stlaringiz bilan baham: |