Annotatsiya: Ushbu maqolada mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda
yosh avlodga ta’lim – tarbiya berishga qaratilgan alohida e’tibor haqida,ayniqsa ta’lim sifati
va samaradorligini oshirishda zamon talablariga mos ravishda ilg‘or pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarni ta’im jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va
ularning multimediyali ilovalarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek maqolada boshlang‘ich
sinflarda multimediya ilovalarini dars jarayonida qo‘llashning o‘quvchilarning bilim sifatiga
ijobiy ta’siri haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Ilg‘or pedagogik texnologiya, axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, ta’im
jarayoni, metodik
O‘rta asr Sharqining mashhur tafakkiri,qadimgi yunon falsafasining sharqdagi yirik
davomchisi va targ‘ibotchisi Abu Nasr Forobiy insonni dunyo taraqqiyoti - ning eng mukammal
va yetuk yakuni deb hisoblab, ta’lim-tarbiya insonni aqliy tomondan ham axloqiy tomondan
ham mukammal kishi qilib yetishtirishga qaratmog‘i lozimdir. Yuksak ma’naviyatga ega bo‘lgan,
barkamol,sog‘lom avlodni tarbiyalab, yoshlarga zamonaviy pedagogik va axbarot texnologiyalari
asosida ta’lim berish mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ustivor vazifalardan
biridir.Mustaqillikka erishganimizdan keyin mamlakatimizda yosh avlodga ta’lim –tarbiya
berishga alohida e’tibor qaratildi. Kelajagimiz bo‘lgan – yoshlarga keraklicha bilim berish barcha
ta’lim tizimi muassasalarining eng asosiy vazifasi etib belgilandi. O‘z o‘rnida ta’limning asosiy
poydevori hisoblangan -boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari oldiga juda katta vazifalarni qo‘ydi.
Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti kun sayin emas soat sayin rivojlanayotgan bir davrda maktabga
kelgan 6-7 yoshli kompyuter, uyali telefon,televizor kabi ko‘pgina texnika jihozlaridan ustalik
bilan foydalana oladigan bolaga maktab partasiga o‘tirgach,quruq qo‘l bilan oddiygina doska
va bo‘r yoki qog‘oz ko‘rgazmalar, darsliklar bilan bilim berib bo‘lmasligi hammamiz uchun
ma’lum bo‘lib qoldi.Bunday paytda o‘ta mahoratli , kuchli fundamental bilimga ega pedagog
ham o‘z darsidan kutilgan maqsadga erisha olmasligi kunday ayon.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan 1-11-sinf
o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni ta’im
jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar va ularning multimediyali ilovalari o‘z
vaqtida ta’lim jarayoniga tadbiq etildi desak sira mubolag‘a b o‘lmaydi.O‘z faoliyati davomida
sal kam bir o‘quv yili mobaynida darslar jarayonida o‘quv metodik qo‘llanmalardan va ularning
multimediyali ilovalaridan o‘z o‘rnida unumli foydalanib kelgan har bir boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi bu fikrga to‘liq qo‘shiladi.Birinchi sinfda savod o‘rgatish,ona tili,matematika,o‘q
ish,atrofimizdagi olam fanlaridan 1-11- sinf o‘qituvchilari uchun ilg‘or pedagogik va axborot
kommunikatsiya texnologiyalarni ta’im jarayoniga joriy etish bo‘yicha metodik qo‘llanmalar
tajribali pedagog uchun ham yosh o‘qituvchilar uchun ham juda tushunarli va qulay tuzilgan.
Ushbu qo‘llanmalarda har bir dars bayonnomasini tuzishda darsdan kutilayotgan maqsadni
aniq belgilashda ,dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishda o‘qituvchi uchun aniq
yo‘llanma berilgan bo‘lsa, multimediyali ilovalar esa o‘quvchining yoshini,ularning psixologik
xususiyatlarini hisobga olgan holda qiziqarli va rang-barang tuzilgan. Multimediya ilovalari
orqali o‘qitishning oyinli shakllari va ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan
foydalanilgan holda kerakli axborotni o‘quvchiga yetkazish imkoniyati mavjud. Dars jarayonida
multimediya ilovalaridan foydalanilganda o‘quvchi o‘zini darsda o‘tirganligini butunlay unutgan
holda ekran orqali berilayotgan bilimlarni to‘liq o‘zlashtirib ola boshlaydi. Bir vaqtning o‘zida
o‘quvchining ko‘rish, eshitish xotiralari rivojlanadi,eslab qolish va ko‘rgan eshitganlarini so‘zlab
berish jarayonida bog‘lanishli nutq rivojlanadi.
Multimediya ilovalaridan foydalangan o‘qituvchi dars mobaynida to‘liq auditoriyani qamrab
ola oladi, ularning diqqatini bir maqsadga qaratadi va oz o‘rnida har bir dars o‘quvchi uchun
zerikarli tushuntirishlardan holi o‘tadi. Ilovalarda berilgan trenajorlar, testlar,boshqotirmalar,turli
56
Do'stlaringiz bilan baham: |