9
Май 2021 3-қисм
Тошкент
O‘QUVCHI-YOSHLARDA MUSTAQIL FIKRLASH VA IJTIMOIY FAOLLIKNI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI
Ismatullayev Alisher Adhamovich
Qo‘qon shahar 31-maktab tarix fani o‘qituvchisi
Tel: +99890 586-40-00
Annotatsiya:
Ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning mustaqil
fikrlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim texnologiyasi o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish,
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini muvofirlashtirish vazifasini bajaradi.
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy faollik, mustaqil fikrlash, hayotiy manbalar, isbot va dalillar, ta’lim
texnologiyasi.
XXI asrni intellektual yoshlar asri desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Hozirgi davr yoshlari
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida va oilada dastlabki bilim, fan, sport, axborot kommunikatsiya
texnologiyari haqidagi tushuncha va axborotlarni egallab o‘smoqda desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Davr, taraqqiyot jamiyatga intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, dono, teran fikrli o‘quvchi-
yoshlarni yetkazib berishni talab qilar ekan, o‘qituvchilar
ularni ana shu, ya’ni, darslarda va
darsdan tashqari olgan bilim, ko‘nikma va malakalarni ma’lum bir yo‘nalish asosida mustaqil
fikrlash va ijtimoiy faolliklarini rivojlantirib borishga qurollantirishi lozim. O‘quvchilarni erkin
tafakkur yuritib, o‘z aqliy, ijodiy imkoniyatlarni oshirishga, uni rivojlantirishga yordam berish
hozirgi kunning muhim masalalaridan biridir.
Yuqoridagi masalani ijobiy hal qilish uchun o‘qituvchi o‘z ustida doimo ishlashi, izlanishi, fan
va texnika, sport yangiliklaridan AKT va internet yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishi kerak.
O‘qituvchi yoshlarni qalbidagi hayoliy orzularini hayotiy manbalar isbot, dalil, faktlar orqali
amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berish o‘qituvchining tajriba, pedagogik mahoratiga bog’liq.
Mamlakatimizning asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyasida, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi,
Ta’lim to‘g’risidagi dasturida ham o‘quvchilarning ijod erkinligi, madaniy, ilmiy va texnikaviy
rivojlanishiga g’amxo‘rlik qilish kafolatlab qo‘yilgan. O‘quvchilarda mustaqil fikrlashni
rivojlantirish uchun tashkil etilayotgan darslarning ma’lum bir maqsadga qaratilishi,
yoshlar
fikridagi nomutanosiblikni ma’lum bir me’yirga solinishi, hayotiy, ilm-fan darajasini isbotlashi
va uzanishi kerak.
Darslarda noan’anaviy, pedagogik texnologiya turlaridan foydalanish jarayonida ham qaysi
bir o‘quvchi fanning, kasb-hunarning qaysi sohasiga qiziqishini, uning ijodiy, ijtimoiy faolligi
qaysi yo‘nalishga qaratilganligini farqlash zarur. Dars jarayonida o‘tkaziladigan “Debat” usuli
ham o‘quvchi-yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishning eng maqbul yo‘llaridan biridir.
Bunda
munozaraga beriladigan savol o‘quvchilarning baxs-munozarasiga sabab bo‘ladigan, ularning
diqqatini tortadigan bo‘lishi kerak.
Buni
Tarix
darsi misolida tashkil etish mumkin: (savollar jamlanmasi)
1. II jahon urushini qaysi sabalar keltirib chiqardi deb o‘ylaysiz?
2. Agar mustaqillikni qo‘lga kiritmaganimizda O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchi
davlatlar qatoridan o‘rin olarmidi yoki yo‘qmi?
3. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishiga uning tabiiy geografik hududi
katta o‘rin tutyaptimi yoki avlod-ajdodlarimizdan qolgan boy madaniy merosimizmi?
Qaysi usullarni qo‘llashdan qat’iy nazar o‘qituvchi o‘z tajribasi va imkoniyatidan kelib
chiqib, ularning
fikrini umumlashtirib, har bir o‘rtaga qo‘yilgan savol avvalo o‘quvchilarning
ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilganligini ta’kidlab o‘tadi. Ta’lim texnologiyasi o‘quv-
tarbiya jarayonini boshqarish, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini
bajaradi. Bu esa o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining ta’limning sub’yekti
sifatida teng huquqliligi va hamkorlik munosabatini ifoda etadi. Ma’lumki, pedagogik
texnologiyaning asosiy tamoyili darsda beriladigan ma’lumot mazmunini o‘quvchi tomonidan
to‘liq o‘zlashtirilishidir.
Shuningdek, ta’limni o‘zlashtirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
ta’lim texnologiyasida o‘quvchilarni an’anaviy o‘qitish texnologiyasi, ayniqsa, o‘zbekona ta’lim
berishning noana’anaviy usullaridan ham foydalanish zarur. Chunki ta’lim texnologiyasi o‘quv
predmetlarini to‘liq o‘zlashtirish maqsadini amalga oshirish uchun bir qator asoslarga ham
egadir. Ya’ni dars jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘rganilayotgan ma’lumotlarni fikran