Тошкент
O’ZBEKISTONDA TABIATNI MUHOFAZA QILISHDAGI TUTGAN O’RNI BU
BO’YICHA QILINGAN ISHLAR VA UNI JAHON HAMJAMIYATIDA E’TIROF
E’TILISHI.
Qutbiddinova Hilola Aliqulovna
Toshkent viloyati Bo’ka tumani 1-sonli umumiy
o’rta ta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi.
va uning o’quvchisi Davronova Farangiz To’lqin qizi
Telefon: +998 94 674 88 01
Annotatsiya:
Bu ilmiy maqolada O’zbekistonni tabiatni muhofaza qilishdagi tutgan o’rni bu
bo’yicha qilingan ishlar ya’ni O’zbekistonda Orolbo’yidagi ekologik inqiroz oqibatlarini bartaraf
etish bo’yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida, hamda tabiatni asrash bo’yicha amalga
oshirilgan ishlar to’g’risda qisqacha ilmiy yondashishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
Orol, BMT, YUNEP, Atmosfera, Orolboʻyi, gerbitsid, pestitsid.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 25-avgustda o’tkazilgan
“Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlar rahbarlari majlisida”gi nutqilarida quyidagi
so’zlarni aytib o’tgan edilar, shu oʻrinda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Global ekologik fond
va boshqa hamkor tashkilotlar, donor davlatlar koʻmagida Oʻzbekistonda Orolboʻyidagi ekologik
inqiroz oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha olib borilayotgan saʻy-harakatlar haqida qisqacha toʻxtalib
oʻtish zarur, deb oʻylayman. Soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekiston Orolboʻyi hududida
bir qator keng koʻlamli loyihalarni amalga oshirdi. Orolning qurib qolgan hududida saksovul
va boshqa shoʻrhoklikka chidamli oʻsimliklardan iborat 350 ming gektarlik butazorlar barpo
etildi. Bunday hududlarning umumiy maydoni hozirgi kunda 700 ming gektarni tashkil etmoqda.
Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha
2013 – 2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 tadan
ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir. 2018-2021 yillarda
Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi qabul qilindi. Shu bilan birga,
Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik
asosida trast fondini tashkil etish borasidagi tashabbusni ilgari surdi va bu BMT tomonidan
qoʻllab-quvvatlandi.
Oʻzbekistonda XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida qishloq xoʻjaligida monokultura
tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv
zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy ber-
di. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari shoʻrligi
darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi
kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda ham inson hayoti uchun
zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kun-
lardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofa-
za qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha
qonunlar qabul qilindi. Bular “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” (1992-yil 9-dekabr), “Suv va
suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993-yil 6-may), “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida” (1994-y 23-sen-
tyabr.; 2002-yil 12-dekabrda yangi tahrirdagi), “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”
(1996-yil 27-dekabr.), “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” va
“Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida” (1997-yil 26-dekabr.),
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida” (2000 yil 15-dekabr.), “Oʻrmon toʻgʻrisida” (1999-yil 15-aprelda),
“Chiqindilar toʻgʻrisida” (2000-yil 5-aprelda)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni
muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning XI bobi 50-moddasida
“Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar”, deb
koʻrsatilgan. 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir”, deyilgan. Mamlakatimizda “Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi”
tashkil qilingan (1996 yil 26-aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat
koʻrsatadi).
61
Do'stlaringiz bilan baham: |