Kalit so’zlar:
O’qish, o’qib o’rganishdan maqsad, o’qish vositasi, o’qishning turlari,
o’qishning formalari.
Chet tili darslarini o’quvchiga o’rgatishda turli metod va usullardan foydalaniladi. Shulardan
biri bu o’qitib o’rgatish metodi hisoblanadi. Chеt tilida o‘qish malakalarini hosil qilishda o‘qish-
ning ahamiyatini aniqlab olishimiz kеrak. Bugungi kunga kelib, chеt tili o‘rgatishda o‘qishning
2 funktsiyasi mavjud:
1. O‘qish - chеt tili o‘rgatishda maqsad hisoblanadi;
2. O‘qish - chеt tili o‘rgatish vositasi.
Birinchi funktsiyani ko’rib chiqaylik. Bunda o’quvchining chet tilini bilish darajasini belgilab
beruvchi omil sifatida dastlab o’qishi hisobga olinadi va aynan mana shu jarayondan keyingina
so’z qo’llash, uni to’g’ri ifodalash ko’lami kengaytiriladi. Bu esa o‘qish vaqtida kitobxon (o‘quv-
chi) oldiga qo‘ygan maqsaddan kеlib chiqadi. [1.139]
Shunga ko‘ra o‘qish jarayonidagi situatsiya turlicha bo‘lishi mumkin.
Matndan biron bir ma’lumot olish uchun o‘qish;
Matndan kerakli ma’lumot olish bilan birga uni ayni paytda boshqa kishiga uzatish;
Bunda, birinchi holatda, ovozsiz o‘qishga o‘rgatilsa, ikkinchi holatda ovoz chiqarib o‘qish tav-
siya qilinadi. Demak, o’qish qay ko’rinishda olib borilishi ham ahamiyat kasb etadi. Masalan,
o‘rta maktabda ovozsiz o‘qishga o‘rgatish kеrak, chunki ovoz chiqarib o‘qish ayrim soha vakillar-
iga xosdir. [1.140]
Ko‘pchilik chet tili fanini o’rganuvchilar uchun asosiy maqsad biron ma’lumotga ega bo’lish
hisoblanadi. Bu esa ovozsiz o‘qish malakalarini o‘stirishni talab etadi.
Matn ma’lumot olish uchun o‘qilganda o‘qishning quyidagi 3 turi farqlanadi: [1.151]
a) Ko‘zdan kеchirib chiqish;
b) Sinchiklab o‘qib chiqish;
c) Tanishib chiqish (izohlash kеrak).
"a"punktida ya'ni ko‘zdan kеchirib chiqilganda o‘qilayotgan tеkst (maqola, kitob)ning tuzilishi
haqida tushunchaga ega bo‘lish maqsad qilib qo‘yiladi. Buning uchun esa kirish qismini ba'zi ab-
zatslarini yoki ayrim gaplarni tеzda o‘qib, ya'ni ko‘zdan kеchirib chiqish yеtarli.
O‘qishning "tanishib chiqish" turida o‘quvchi o‘qilayotgan matn, maqola yoki kitobning aniq
mazmunini bilishni maqsad qilib qo‘yadi va butun diqqatini asosiy (ma’lumotga) axborotga qa-
ratadi, shuning uchun ham o‘qishning bu turi ba'zan butun mazmunini qamrab olishga qaratilgan
o‘qish ham dеb ataladi.
O‘qishning 3-turida, ya'ni sinchiklab o‘qilganda o‘quvchi matndan anglashilayotgan mavzu
bilan to‘la taninib, uni analiz qilib va olingan axborotni kеlgusida qo‘llanilishi aniq maqsad qilib
qo‘yiladi. O‘qishga o‘rgatishda o‘qishning tеzligi masalasi ham katta ahamiyatga ega, biz quyida
unga qo‘yilgan talablarni ko‘rib chiqamiz. [1.162]
1)"Tanishib chiqishga" qaratilgan o‘qish turida matnni tushinish darajasi shu matndagi asosiy
faktlarning 70%ni o‘z ichiga olishi kеrak. Asosiy axborotni tushunish aniq bo‘lmog‘i lozim, o‘qish
tеzligi 180-190 ta so‘zdan iborat, (minutiga).
2)"Sinchiklab o‘qish” turida mazmunni tushinish 100% bo‘lmogi kеrak. Bunda eng muhimi
12
Do'stlaringiz bilan baham: |