Murodov Ulug'bek O'tkir o'g'li,
Buxoro Davlat Universiteti magistranti
Annatatsiya:
Insonni dunyoga kelishi, faqat tugʻilishdan iborat tabiiy-biologik hodisa emas,
balki tugʻilgandan keyin oʻz zamonasining tarakqiyoti darajasiga koʻtarilishi, mavjud ijtimoiy-tar-
ixiy tajribani egallashi, jamiyatda oʻz oʻrnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisi-
ga aylanishi, oʻz eʼtiqodiga, oʻzligiga, hayotda oʻz oʻrniga,mavqeiga ega boʻlishi va faol taʼlim
tarbiya olishi kerak boʻladi. Buning uchun esa, hozirgi globallashuv davrida aynan, o'spirinlar
hayotida ijtimoyilashuvning psixologik tamoyillari va xususiyatlarini yaxshi bilishimiz kerak.Shu
boisdan ushbu maqolada: Globallashuv nima? O'spirinlar psixologiyasi haqida tuxtalib o'tilgan.
Kalit so'zlar:
globallashuv davri, o’spirinlik, aqliy rivojlanish, psixologik yondashuv, xulq-at-
vor, shaxsning guruhli faoliyati.
Globallashuv - bu hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir. Yana, global-
lashuv millat va elatlar, mamlakatlarning madaniy, ma’naviy, iqtisodiy jihatidan uyg‘unlashuviga
olib keladigan jarayondir. Bugungi dunyoning taraqqiyoti ichki va tashqi omillar ostida yuzaga
kelmoqda. Ichki va tashqi omillar asosan axborot vositasi bilan ta’sir ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, om-
maviy axborot vositalari – radio, televidenie, gazeta, jurnal va internet orqali axborot ayirboshlash
rivojlanib bormoqda. Olimlarning fikricha inson 85 foiz axborotni ko‘rish orqali, qolgan 15 foizini
eshitish orqali olar ekan. Demak, bu o‘rinda televideniya va internetning roli har qachongidan or-
tadi. Internetdan foydalanish bo'yicha o'spirinlar yetakchi o'rinlarda turadi.Shu sababdan o'spirin-
lar hayotida pisixologik terininglar o'tkazib ularni har tomonlama to'g'ri jabhaga olib chiqishimiz
kerak. Chunki, barchamizga ma’lumki, bugungi kunda butun dunyoning uyg‘unlashuvi — glob-
allashuv jarayoni yuz bermoqda. Barcha narsaning ikki qutbi bo‘lganligidek, globallashuvning
ham o‘ziga yarasha salbiy va ijobiy tomonlari mavjud. Shunga ko'ra o'spirinlar psixologiyasini
ijobiy tomonga o'zgartirish zarur. Sababi, bu davirda o'spirinning umumiy aqliy qobiliyatlari, odat-
da, allaqachon shakllanib bo‘ladi va ularning bolalikdagidek tez o‘sishi kuzatilmaydi. Biroq ular
mukammallashishda davom etadi. Murakkab intellektual operasiyalarni egallash va tushunchalar
apparatining boyishi yigit va qizlarning aqliy faoliyatini mustahkamroq va samaraliroq qiladi, bu
esa ularni kattalar faoliyatiga yaqinlashtiradi. Ayniqsa, maxsus qobiliyatlar tez rivojlanadi.
O'spirinlar hayotida ijtimoiylashuvining psixologik xususiyatlarini shakillantirishni o'rgan-
ish uchun ijtimoiy psixologiya yo’nalishini chuqurroq tadbiq qilish kerak. Ijtimoiy psixologiya
- odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini, bu guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati
va xulk-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilar-
ni tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi. Qadimgi zamondan ijtimoiy psixologik voqelik falsafiy
nuqtai nazardan organilib kelingan, lekin shaxs, guruh, jamoa munosabatlari qamrab olinmagan.
Ijtimoiy psixologiya faniga asos bolib psixologiya, sotsiologiya, antropologiya, etnografiya, kri-
monologiya, falsafa kabi fanlar xizmat qilib kelgan. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida muloqot,
muomala qonuniyatlari, shaxslararo munosabat, individual va guruxiy ozaro ta’sir, guruhlarning
ichki va tashqi tuzilishi, ularning turlari, tasnifi, ommaviy xolatlarni tekshiradi.
O’spirinlik bu ahliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o’z fikrlarini mustaqil
ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislatlarini namoyish eta boshlaydilar. SHunda o’qituvchilar
va katta yoshlilar ularning hali g’o’r fikrlari va dunyoqarashlarini to’g’ri yo’naltirishlari muhim.
Zero, bu davrda o’z-o’zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |