Февраль 2021 7-қисм
Тошкент
ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH
Rahimova Habiba, Ravshanova Oltinoy
Navoiy viloyati Xatirchi tumani
4-umumta’lim maktab ona tili va
adabiyot fani o’qituvchisi
Bugungi innovatsion zamnda o’qituvchi moslashuvchan, izlanuvchan, talabchan bo’lmasa dars
jarayonida o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga erisha olmasligi sir emas. Ona tili darslari
esa maktabda barcha fanlarning asosi bo’lib xizmat qilar ekan, uni kun sayin yangi metodlar
bilan boyitish har bir izlanuvchan o’qituvchining gardanidagi yukdir. Bugun tushunchalarni tahlil
qilish metodi haqida so’z yuritamiz.
Metodning mohiyati: Fan bo‘yicha o‘tilgan(chorak, yarim yillik, o‘quv yili davomida
yoki bir mavzuni takrorlash, mustahkamlash)larni o‘quvchilar tomonidan yodga olish, biron-bir
mavzu bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan tushunchalarga mustaqil ravishda izohlar berish,
shu orqali o‘z bilimlarini tekshirib baholashga imkoniyat yaratish va o‘qituvchi tomonidan qisqa
vaqt ichida barcha o‘quvchilarni baholay olishga yo‘naltirilgan.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni mashg‘ulotda o‘tilgan mavzuni egallaganlik va mavzu
bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirib olinganlik
darajalarini aniqlash, o‘z bilimlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, bilim darajalarini
baholay olish, yakka va guruhlarda ishlay olish, o‘rtoqlari fikriga hurmat bilan qarash, shuningdek,
o‘z bilimlarini bir tizimga solishga o‘rgatish.
Metodning qo‘llanilishi: o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlari (dars
boshlanishi yoki dars oxirida, yoki o‘quv predmetining biror bo‘limi tugallaganda) o‘tilgan
mavzuning o‘zlashtirilganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va
yakuniy nazorat o‘tkazishda o‘quvchilarning bilimlarini tekshirib olish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu metodni mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘ulotning bir qismida yakka, kichik guruh
hamda jamoa shaklida tashkil etish mumkin. Bu metoddan uyga vazifa berishda ham foydalansa
bo‘ladi.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
* O‘quvchilar sharoitga qarab guruhlarga ajratiladi.
* O‘quvchilar mashg‘ulotni o‘tkazishga qo‘yilgan qoidalar bilan anishtiriladi.
* Tarqatma materiallar guruh a’zolariga tarqatiladi.
* O‘quvchilar yakka tartibda o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha tarqatma materialda
berilgan tushunchalar bilan tanishadilar.
* O‘quvchilar tarqatma materialdagi tushunchalar yoniga o‘z bilimlari doirasida izoh yozadilar.
* O‘qituvchi tarqatma materialda mavzu bo‘yicha berilgan tushunchalarni va izohlarini o‘qiydi.
O‘quvchilar o‘z izohlarning to‘g‘riligini tekshiradilar.Ekranda har bir tushunchaning izohi berilgan
slayd (imkoni bo‘lsa) namoyish etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
* Har bir o‘quvchi to‘g‘ri javob bilan belgilangan javoblarning farqlarini aniqlaydilar, kerakli
tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘z-o‘zlarini tekshiradilar, baholaydilar, shuningdek, bilimlarini yana
bir bor mustahkamlaydilar.
Tushunchalar
Mazmuni
Fonetika
Tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo’lishi va tasnifini o’rganadigan bo’limi.
Leksikologiya
Tilshunoslikning so’z va uning leksik ma`nosini, so’zlarning shakl va ma`no munosabatiga
ko’ra turlarini o’rganadigan bo’limi
Morfologiya
Tilshunoslikning so’z turkumlari va ularga xos xususiyatlarni o’rganadigan bo’limi.
Sintaksis
Tilshunoslikning so’z birikmasi, gap, uning tuzilishi va ma`nosiga ko’ra turlarini
o’rganadigan bo’limi.
Punktuatsiya
Tilshunoslikning tinish belgilari va ularning qo’llanilishini o’rganadigan bo’limi.
Orfografiya
Tilshunoslikning so’zlarning to’g’ri yozilishi qonun-qoidalarini o’rganadigan bo’limi.
Orfoepiya
Tilshunoslikning so’zlarning to’g’ri talaffuz me`yorlarini
o’rganadigan bo’limi.
Do'stlaringiz bilan baham: |