Апрель 2021 7-қисм
Тошкент
NUTQ MADANIYATI MASALALARI
Sattorova Sayyora Jabborovna
Xorazm viloyati Shovot tumani 3-umumiy o`rta ta`lim maktabi
oliy toifali ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Telefon raqami :+99899 7469867
Annotatsiya:
Nutqning ifodali, sof bo`lishi ustida ishlash fikrlarning ravon bo`lishiga
ta`sir qiladi.
Kalit so`zlar:
Nutq madaniyati, orfoepik me`yorlar, adabiy til, nutqning sofligi, kommunikativ
sifatlar.
Nutq madaniyati jamiyat taraqqiyotining muhim belgisi bo`lib, unda millat ma`naviyati o`z
aksini topadi.Mustaqil yurtimizda ma`naviy islohotlar jadal sur`atlar bilan olib borilayotgan bir
paytda nutq madaniyati masalalariga ham e`tibor ortmoqda.
Nutq madaniyatiga nafaqat hozirgi kunda, balki Zardushtiylik davrida ham katta e`tibor
berilgan. ,,Avesto‘’ asarida Zardushtning notiq sifatidagi ibratli faoliyati ,sa`y-harakatlari va
da`vat-u o`gitlari e`tiborni o`ziga tortadi.,,Avesto‘’da keltirilgan ,,Ezgu o`y ,ezgu so`z va ezgu
amallarga baxshida etaman, barcha qabih o`y, yomon so`z va yomon ishlardan tiyaman’’[ 1]kabi
muqaddas so`zlar shular jumlasidandir. Asarda keltirilishicha , yaxshi so`z muqaddasdir.Hozirgi
kunda muqaddas bo`lgan so`zni o`z o`rnida qo`llash uchun o`qituvchi nafaqat o`z nutqiga
balki o`quvchining so`z qo`llash mahoratiga ham e`tibor berib /o`quvchiga nutq madaniyatini
singdirmog`i lozim . O`quvchilarda nutq madaniyatini tarkib toptirish ona tili fanining bosh
vazifasidir. Nutqning og`zaki shakli adabiy tilning orfoepik me`yorlariga,yozma shakli esa
orfografiya, uslub va shu kabi me`yorlariga mos bo`lishi lozim. ,,Ona tili ta`limining bosh
maqsadi o`quvchilarda og`zaki va yozma nutq ko`nikmalarini hosil qilish, shuningdek, aniq va
teran fikrlash, o`z fikrlarini ixcham tushunarli ,jo`yali bayon qilish malakasini tarkib toptirishdan
iborat’’[2]Hozirgi kunda XI sinf ona tili darsligida nutq madaniyatiga alohida e`tibor berilgan.
,,Nutqning madaniyligini ta`minlaydigan kommunikativ sifatlar bir qancha bo`lib , ularning
asosiylari qatorida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: to`g`rilik ,aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik,
boylik, soflik,jo`yalilik.Ana shu kommunikativ sifatlarning barchasini o`zida mujassamlashtirgan
nutq madaniy hisoblanadi”[3]
Demak, o`quvchiga nutq madaniyatini singdirish uchun dars jarayonida nutqimizda qo`llagan
har bir so`zning o`z o`rnida ishlatishimiz lozim Sayfi Saroy aytganidek: ,,Oqil o`z so`zin o`rnida
so`zlagay ,Ham javobini munosib ko`zlagay.Chunki o`z o`rnida ishlatilgan so`z tinglovchiga
tez va tushunarli yetib boradi. So`zlarning ma`nosini tushunish uchun o`quvchilarda izohli
lug`at, sinonimlar-ma`nodosh so`zlar lug`ati bilan ishlash ko`nikmalarini hosil qilishimiz va uni
E.Vohidov ,,So`z latofati’’ , A.Rustamovning ,,So`z xususida so`z ‘’ kitoblaridan keltirilgan matnlar
va SH.Rahmatullayevning ,,O`zbek tilining izohli fraziologik lug`ati’’dan keltirilgan misollar ham
o`quvchilarga so`zlarni ma`nosini bilishga katta yordam beradi.
O`quvchi nutqini boyitish uchun o`quvchilarni badiiy asar o`qishga qiziqtirishimiz lozim.
Chunki qancha ko`p kitob o`qisak, nutqimiz boyib, dunyoqarashimiz o`zgarib boradi .Bu esa yana
nutqimizni madaniyatli qiladi.
Maktabda nafaqat ona tili adabiyot darslarida, balki barcha darslarda o`qituvchi o`z nutqiga
ham e`tibor bersa ko`zlagan maqsadiga erishadi.Ma`lumki , o`quvchilar o`qituvchi nutqiga
alohida e`tibor beradilar. Negaki biror tovushning noto`g`ri aytilishi kulgiga sabab bo`ladi. Bir xil
ohangdagi nutq ularni tez charchatadi.Shunday ekan,o`qituvchining takomillashgan nutqqa ega
bo`lishi o`quv materiallarining o`quvchilar tomonidan puxta o`zlashtirilishini ta`minlash garovi
hisoblanadi .Ayrim mutaxassislar tovush va uning tembrini tug`ma xususiyat,deydilar, lekin hozirgi
eksperimental fiziologiya tovush sifatining o`zgarishi mumkinligini tasdiqlaydi.Nutqning ifodali,
sof bo`lishi ustida ishlash fikrlarning ravon bo`lishiga ta`sir qiladi. Tilshunos olim N.Mahmudovning
ta`biricha ,,Darsdagi jonli ko`rgazmali qurol bu o`qituvchining o`zi , uning nutqidir’’[4].Ba`zan
darslarni kuzatar ekanmiz o`qituvchi o`quvchini rag`batlantirish uchun ,,molodes’’ so`zini ishlatadi
o`zimizdagi ,,Balli’’, ,Ofarin’’ undovlari bor-ku. Bu so`zlarni bilamiz , lekin e`tibor bermaymiz.
Bu bilan nutqning madaniyatliligini ta`minlovchi kommunikativ sifatlardan nutqning sofligiga
putur yetkazgan bo`lamiz.,,Nutqning sofligi nutqning adabiy til va jamiyatdagi ma`naviy-axloqiy
36
Do'stlaringiz bilan baham: |